Raqamli kutubxona kartasi

App BibToGo

Kutubxonamizning barcha xizmatlari har doim va hamma joyda qo'lingizda bo'lishini xohlaysizmi? Bu bizning BibToGo orqali amalga oshadi! BibToGo - bu Gyote Institut kutubxonasi ilovasi va sizning shaxsiy akkauntingiz boʻlib, undan istalgan vaqtda multimedia materiallarimiz va xizmatlarimizga kirish uchun foydalanishingiz mumkin.

BibToGo - Library App © Goethe-Institut Indonesien

Nima uchun BibToGo?

  • Gyote-Instituti kutubxonasining xizmatlari bir ilovada birlashtirilgan.
  • Kutubxona faoliyati onlayn va istalgan vaqtda.
  • Ekologik iz: Plastikdan ozod raqamli a'zolik kartasi.

Bib To Go qanday xususiyatlarga ega?

Elektron kutubxona kartasi

Siz BibToGo ilovasi orqali integratsiyalashgan elektron kutubxona kartasini olasiz. Ushbu karta bilan siz internetsiz ham kutubxonamizdan media vositalarini olishingiz mumkin.

Shaxsiy akkaunt

BibToGo yordamida siz kutubxona akkauntingizga oson kirishingiz mumkin - qo'lingizda bo'lgan mediani ko'rishingiz, uni uzaytirishingiz yoki zarur bo´lgan mediani bandligini tekshirishingiz mumkin.

Tavsiyalar

Fondimizda qanday nashrlar borligini bilmoqchimisiz? BibToGo yordamida siz har doim bizning kutubxona katalogimizdan qulay foydalanish imkoniyatiga egasiz. Tavsiya etilgan media vositalari ro'yxati sizga tanlov qilishda yordam beradi.

Onleihe elektron kutubxonasi

35 000 dan ortiq nemis tilidagi elektron kitoblar, audiokitoblar, filmlar, jurnallar, gazetalar va nemis tilini o'rganish uchun materiallar BibToGo-da bepul, reklamalarsiz, istalgan vaqtda va istalgan joyda!

Kutubxona xodimlariga murojaat qiling

Savollaringiz bo'lsa yoki yordamga muhtoj bo'lsangiz, BibToGo orqali bizning xodimlarimizga murojaat qilishingiz mumkin.

BibToGo

BibToGo

Gyote-Institutining kutubxona ilovasi "BibToGo".

Gyote-Institutining kutubxona ilovasi "BibToGo". Sizning shaxsiy kutubxona akkauntingiz, bu Sizga istalgan vaqtda bizning media va xizmatlarimizdan foydalanish imkonini beradi.

Batafsil

Sizning shaxsiy kutubxona akkauntingiz, bu Sizga istalgan vaqtda bizning media va xizmatlarimizdan foydalanish imkonini beradi.

Batafsil

BibToGo-ni qanday faollashtirish mumkin

  1. BibToGo-ni qurilmangizga PlayStore yoki App Store-dan yuklab oling.
  2. Mein Goethe.de akkauntingizga kiring.
  3. Ilovani kutubxonamizdagi ma'lumotlar stolida faollashtiring.

"BibToGo" ilovasini topa olmasangiz, Goethe-Instituti kalit so'zi orqali qidirib ko'ring. Agar siz hali ham ilovani topa olmasangiz, BibToGo faqat Gyote-Instituti kutubxonalari ushbu xizmatni taqdim etgan mamlakatlarda mavjudligini unutmang. Siz tegishli mamlakatning ilovalar do`konidan foydalanishingiz zarur. Agar sizda biron bir savol bo'lsa, biz bilan bog'laning: mow-bibl@goethe.de

Bu Sizni qiziqtirishi mumkin

Bizni kuzatib boring