Tez kirish:

To'g'ri mazmunga o'tish To'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish

112-maktabda Rojdestvo bayrami

112-maktabda rojdestvo bayrami
Foto: © Privat

Bayram tashkilotchilari o'qituvchi Mohira Istamova va SCHULWÄRTS! dasturining amaliyotchisi Elis Mader Toshkentdagi 112-maktabda Rojdestvo bayramini tashkil etish va nishonlash uchun boshlang'ich va o'rta sinflarni jalb qildilar. Dasturda 50 dan ortiq o'quvchi, ularning ota-onalari va nemis tili o'qituvchilari ishtirok etishdi.

Erta tongdan boshlab Elis bilan boshlang'ich sinf o'quvchilari an'anaviy nemis Rojdestvo shirinliklari – pechene va makronlarni pishirishdi, yana bir guruh o'quvchilar Rojdestvo Punshini qaynatishdi, katta yoshdagi o'quvchilar pazllarni to'plashdi va xotirani mustaxkamlash o'yinini o'ynashdi.

Konsert dasturi tushlik payti boshlandi, bolalar guruh bo'lib Rojdestvo qo'shiqlarini ijro etishdi, she'rlar o'qishdi va raqsga tushishdi. Bayramona muhit bir hafta oldin o`quvchilar tomonidan lentalar, gulchambarlar va o'yinchoqlar bilan bezatilgan sinf xonasi bilan hamohang edi.