O’yin burchagi O’yin burchagi

O’yin burchagi ©Гёте-институт

Pay, 02.05.2019

O'zbekistondagi Gyote Institut filiali

Endi PlayStation bizning kutubxonamizda.

O'qishdan charchab, hordiq olishni istagan, turli xil o'yinlarni sinab ko'rishni xohlaganlarni kutubxonamizning o'yin burchagiga taklif qilamiz. Yolg'iz yoki guruhda o’yin o’ynamoqchimisiz - uni siz hal qilasiz.

Aytishlaricha, muvaffaqiyatli ta'lim tajribasi uchun muhim bo’lgan hamma narsa kompyuter o’yinlarida mavjud ekan: ular  aniq maqsad qo’yadilar, zudlik bilan javob beradilar, muvaffaqiyatsizlikka duchor bo'lishdek qo’rquvdan xalos qiladilar, ijodiy fikrlash va ijtimoiy o'zaro ta'sir uchun keng joy ochadilar.

Agar nemis tilini o'yin orqali o’rganishni xohlasangiz, albatta „Serious Gaming“ ni o'ynashga harakat qilib ko’ring.

"Lernabenteuer Deutsch -Das Geheimnis der Himmelscheibe" - nemis tilining A2 darajasiga ega bo’lganlar uchun „Serious Gaming“ hisoblanadi. O'yin juda qiziqarlidir, shu bilan birga u sizga nemis tilini yaxshi o'rganish va uni mustahkamlash uchun yordam beradi. Bu yerda o'yinni mobil qurilmangizga bepul yuklab olishingiz mumkin: https://www.goethe.de/de/spr/ueb/him.html


 

Ortga