Ota-onalar

Ba'zan ota-onalar hamda o’qituvchilar kichik yoshda xorijiy tillarni o’rganish bolalar uchun og’irlik qiladi deb xavotirga tushsalarda, bugun ko’pchilik ota-onalar erta yoshda chet tillarini o’rganishni farzandlariga berilgan imkoniyat deb bilmoqdalar. Ular xorijiy tillarni kichik yoshdan o’rganish bolaga bir yoki bir necha qo’shimcha tillarni tezroq va osonroq o’rganish uchun afzalliklar tug’dirishi isbotlanganligi to’g’risida ma’lumotga egalar. ...
Tavsiyalar:

Ota-onalar:
  • erta yoshda xorijiy tillarni o’rganishning maqsadi va mazmuni hamda ta'lim psixologiyasining talablari to’g’risida o’zlariga tegishli ma'lumotga ega bo’lishlari lozim. Ular muntazam ravishda farzandlarining rivojlanishi va yutuqlari to’g’risida xabardor bo’lishlari lozim. Shu tarzdagina ota-onalar o’quv jarayonini yetarlicha tushunishlari, uni kuzatib borishlari va unga ko’maklashishlari mumkin.
  • bolaning o’rganganlari haqida so’rash, uni ruhlantirish, yutuqlarini maqtash hamda suhbatlashish orqali farzandlarining kichik yoshdan boshlab uning xorijiy tillarni o’rganishga qiziqayotganliklarini ko’rsatishlari lozim. Ota-onaning boladan biror narsani aytib berishni yoki o’rganganlarini ko’rsatishni talab etishi ularning farzandlarining o’qishiga bo’lgan qiziqishini namoyon qilishi, ammo bu talab hech qachon bolani nazorat qilish vazifasini bajarmasligi lozim.
  • farzandlarining xatolarini tuzatish orqali o’qish jarayoniga ta'sir etishga urinmasliklari lozim. Xatolarni tuzatish tarbiyachilar va o’qituvchilar ixtiyoriga havola qilinishi kerak, bolada ishonchsizlik hissini uyg’otmaslik va so’zlashishiga halaqit bermaslik uchun xatolarni to’g’irlash o’ta maqsadli va ehtiyotkorlik bilan amalga oshiriladi.
  • imkoniyatlariga qarab hamkorlikka chorlovchi tadbirlarda (ota-onalar majlisi, axborot tadbirlari, maktab bayramlari v.h.) qatnashishlari va o’zlari ham o’qituvchilar bilan hamkorlik qilish yo’llarini izlashlari lozim, biroq bunda har ikki tomon o’z vazifasiga o’zaro hurmat bilan qarashi darkor.

Erta yoshda xorijiy tillarni o’rganish

O’qituvchilar uchun material va ko‘rsatmalar