Bolalarda tilning rivojlanishi

Kichik yoshda chet tillarini o’rganish dinamikasi individual xususiyatga ko’ra turlicha bo’ladi, biroq u asosan ma'lum bir namuna bo’yicha kechadi. Bolalarning til o’rganish davrlari va bosqichlarining aniq bir ketma-ketligi to’g’risida yagona bir yondashuv mavjud emas. Piajening rivojlanish bosqichlari modeli ko’plab ilmiy-amaliy tadqiqotlarga asoslanadi, biroq u ham bugungi kunda boshqa modellar kabi.

“Inson har qanday vaqtda bir yoki bir necha yangi tillarni o’rgana oladi”, degan fikr bugun shubhasizdir. “Til o’rganish va miya faoliyati ustida olib borilgan tadqiqot natijalari chet tilini imkon qadar ertaroq o’rganishni qo’llab-quvvatlashga imkon beradi. Shunday qilib, ikkinchi til olti yoshgacha aktsentsiz o’rganilishi isbotlangan. Balog’at yoshigacha sintaksis va morfologiya undan keyingi vaqtga nisbatan qiyinchiliklarsiz o’rganiladi”. Boshqa tomondan esa yana bir qancha omillar bolaning o’zlashtirishiga ta'sir ko’rsatadi. Bular jumlasiga o’qituvchilarning malaka va tajribalari, o’quv materiallarining sifati yoki til bilan muloqotda bo’lishning davomiylik va muntazamlik darajasi kiradi.
Tavsiyalar:
  • Bolaning chet tilini o’rganish jarayoniga imkon qadar uning ona tili bilimlarining rivojlanganligidan kelib chiqib qarash lozim.
  • Bola yangi o’rgangan bilimlarini ijtimoiy interfaol munosabatlarda masalan, o’qituvchi yoki sinfdoshlari bilan qo’llay olishi uchun til o’rganish jarayonida yetarli sharoitga ega bo’lishi kerak.
  • Til o’rganish jarayonining bosqichma-bosqich amalga oshishi to’g’risidagi ilmiy mulohazalar til o’rganish jarayonida xato qilishga bo’lgan munosabatni o’zgartirishni talab etadi: unga ko’ra, xatolar –bu tilni o’zlashtirish yo’lida rivojlanish uchun qo’yilgan qadam hisoblanadi, shuningdek, xatolarni o’quv jarayonining qonuniy bir qismi deb qabul qilish va ularga sabr-qanoat bilan yondashish lozim.
  • Tarbiyachi yoki o’qituvchi xatolarni til o’rganish jarayonining holati to’g’risidagi muhim ma'lumot sifatida qabul qilishi va ulardan foydalangan holda bolaga qo’shimcha yordam berishi kerak.

Erta yoshda xorijiy tillarni o’rganish

O’qituvchilar uchun material va ko‘rsatmalar