Kitobxonlik kompetentsiyasi

Kitobxonlik kompetentsiyasini matnni o’qish kompetentsiyasi bilan tenglashtirmaslik lozim. Kitobxonlik kompetentsiyasini rivojlantirish allaqachon oilada, bola o’qish ko’nikmasini egallamasidan ancha oldin boshlanishi lozim. Ertak va hikoyalar o’qib berilganda ularni tinglash, rasmli kitoblarni birgalikda “o’qish” va muhokama qilish bolani o’qish va yozish madaniyati tomon yetaklaydi, o’qishga bo’lgan havasi hamda qiziqishini orttiradi va kelgusida mustaqil kitobxonlikka tayyorlaydi.

Bola yashayotgan muhitda yozuv qanchalik ko’p ishlatilsa, u yozuvdan foydalanishning qadr-qimmati to’g’risidagi tushunchaga ega bo’ladi. Shuning uchun ham erta yoshdan, masalan, bolalar bog’chalarida yozuv madaniyatini doimo ko’rsatib borish tavsiya etiladi.

Erta yoshda xorijiy tillarni o’rganishda bu jarayonlarni davom ettirish va yanada rivojlantirish mumkin. Kichik hajmdagi adabiyotlarni o’qib berganda nafaqat mazmun bilan bog’liq jihatlar, balki qizg’in va qiziqarli elementlarni his qilish qobiliyatini rivojlantirish yoki matn turlari xususiyatlarini (“bir bor ekan, bir yo’q ekan ...”) sezish qobiliyati shakllantirilishi lozim.

Erta yoshda xorijiy tillarni o’rganish jarayoniga yo’l ochib berish uchun atrofdagi insonlar, masalan,
  • ota-ona yoki opa-singil, aka-ukalar bola uchun mutolaa qiluvchi shaxs sifatida o’rnak bo’ladigan muhit katta ahamiyatga ega
  • bola erkin foydalanishi mumkin bo’lgan turli yo’sindagi yozma materiallarning mavjudligi
  • o’qib berish va mustaqil ishlash uchun kitoblarning mavjudligi
  • ta'lim olayotgan maskanda masalan, tayyorlov maktablari va boshlang’ich maktablarda o’qish va yozish burchaklarini tashkil qilish
  • kattalar ehtiyoj tug’ilgan paytda bolaning savollariga javob berish orqali o’qishni o’rganish jarayoniga ko’maklashadilar
    Tavsiyalar:
    • Bolalar xorijiy tilda yozish bilan muntazam shug’ulanishidan avval ona tillarida yozishni yaxshi egallagan bo’lishlari shart.
    • Erta yoshdan kitobga havas va o’qishga nisbatan umumiy qiziqishni uyg’otish uchun bola yashayotgan muhitda yozma materiallar bilan shug’ullanishga ko’proq sharoit yaratib berish lozim.

    Erta yoshda xorijiy tillarni o’rganish

    O’qituvchilar uchun material va ko‘rsatmalar