Maqsad: bolada madaniyatlararo samimiylikni rivojlantirish

Erta yoshda xorijiy tillarni o’rgatish jarayonida bolalarga rivojlanish uchun eng yaxshi imkoniyatlarni yaratish maqsadida barcha resurslardan to’la foydalaniladi, bola umumiy rivojlanishining emotsional, ijodiy, ijtimoiy, kognitiv va lingvistik o’lchov birliklari shular jumlasiga kiradi. Madaniyatlararo muloqot qilish kompetentsiyasi ham asosan bular qatoriga kiradi.

Madaniyatlararo muloqot qilishga qiziqadigan va ochiqko’ngilli bola keyinchalik madaniyatlararo muloqotga qodir insonga aylanadi, zero bugungi kun chet tili mashg’ulotlarining e’tirof etilgan maqsadi ham shudir.

O’quvchining xorijiy tillarni bilish kompetentsiyasi til sohiblarining ona tilini bilish kompetentsiyasi bilan o’lchanmay, aksincha madaniyatlararo muloqotning ko’p qirrali vazifalarini uddalay olish qobiliyati bilan ham belgilanmoqda. Yosh o’quvchilar madaniyatlararo muloqotga qodir insonga xos ochiqlik va bag’rikenglik ruhida shakllanish darajasida rag’batlantirilishi hamda kichik yoshlilar uchun mo’ljallangan chet tili darslarida mazkur xususiyatlarni rivojlantira oladigan mazmundagi mavzular tavsiya qilinishi lozim. Chet tili bilan kichik yoshda tanishish tillarga nisbatan qiziqish uyg’otishi, til o’rganishga bo’lgan havasni rivojlantirishi hamda “bolani o’z tilidan boshqa yana bir tilda gaplasha olishga ruhlantirishi lozim”.
    Tavsiya:

    Xorijiy tillarni o’rganish kichik yoshdan boshlangan hollarda bir tomondan til bilish kompetentsiyalarini rivojlantirilishga e'tibor qaratilishi, ikkinchi tomondan esa umumiy, madaniyatlararo muloqot qilish hamda o’quv strategiyalari bo’yicha qobiliyatni shakllantirish lozim.
    Nürnberger Empfehlungen zum frühen Fremdsprachenlernen

      Erta yoshda xorijiy tillarni o’rganish

      O’qituvchilar uchun material va ko‘rsatmalar