InfoCheck Central Asia

InfoCheck Central Asia

© Goethe-Institut Usbekistan

InfoCheck Central Asia

Goethe-Institutning mintaqaviy loyihasi bo‘lib, u o‘smirlarga raqamli muhitda o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirishga va xavfsiz harakat qilishga yordam beradi. O‘yinlar, VR (virtual borliq), interaktiv formatlar va kutubxonalar bilan ishlash orqali ishtirokchilar manipulyatsiyalar va dipfeyklarni aniqlashni, shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilishni va kiberbullingga qarshi turishni o‘rganadilar.

Loyiha haqida

InfoCheck Central Asia Markaziy Osiyo va Germaniyaning o‘smirlari, kutubxonalari, ekspertlari va dasturchilarini birlashtiradi. Zerikarli ma'ruzalar o‘rniga loyiha 12–15 yoshli o‘smirlarga yaqin bo‘lgan o‘yin mexanikalari, vizual hikoyalar va amaliy topshiriqlardan foydalanadi.

Toshkentda o‘tkazilgan mintaqaviy xakatonda 15–16 yoshli maktab o‘quvchilari raqamli ta'lim mahsulotlarining g‘oyalari va dastlabki prototiplarini ishlab chiqdilar. Tanlab olingan yechimlar xalqaro geymdev (o‘yin ishlab chiquvchi) studiyalar va ekspertlaryordamida takomillashtiriladi hamda kutubxonalarda sinovdan o‘tkaziladi.

Kutubxonalarda Checkzone — o‘smirlar o‘ynashi, interaktiv topshiriqlarni bajarishi, VR bilan ishlashi, qiyin onlayn-vaziyatlarni muhokama qilishi va raqamli muhitda xavfsiz qarorlar qabul qilishni o‘rganishi mumkin bo‘lgan ochiq maydonlar tashkil etilmoqda.

Loyiha Toshkent, Almati, Bishkek va Dushanbedagi Gyote-Institutlari tomonidan Markaziy Osiyo va Germaniya kutubxonalari, ta'lim tashkilotlari hamda ekspertlari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

InfoCheck’ni nima o‘zgacha qiladi

  • O‘smirlar yechimlarni yaratishda ishtirok etadilar
Yoshlar loyihaga o‘zlarining raqamli tajribasini olib kiradilar va o‘z tengdoshlari uchun tushunarli mahsulotlarni yaratishga yordam beradilar.
  • Ta'lim amaliyot orqali kechadi
O‘yinlar, VR va interaktiv topshiriqlar zamonaviy tarmoqdagi xavflarni va o‘yin qoidalarini tushunishga hamda bilimlarni amalda qo‘llashga yordam beradi.
  • Kutubxonalar zamonaviy ta'lim maydonlariga aylanmoqda
Checkzone’lar maktab guruhlari, do‘stlar va mustaqil tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘lib, loyiha bilan o‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtiradi.

Bog'lanish uchun

Loyiha hamkoriga aylanishni, kutubxonangizni CheckZone tizimiga ulashni yoki qo‘shimcha ma'lumot olishni xohlaysizmi? InfoCheck Central Asia jamoasiga yozing: Bibliothek-Taschkent@goethe.de

Hamkorlar

InfoCheck Central Asia kutubxonalar, ta'lim tashkilotlari, ekspertlar va dasturchilar jamoalari bilan birgalikda rivojlanmoqda. Hamkorlar o‘yin formatlarini yaratish va sinovdan o‘tkazishda, Check-zonalarni tayyorlashda hamda loyihani mintaqa mamlakatlarida kengaytirishda yordam berishadi.