Eric Jannot

Prof. Eric Jannot © Privat


Eric Jannot - HAW Hamburg amaliy fanlar universitetining geym-dizayn professori. U meaningful games va serious games - harakatlar hamda qarorlar qabul qilish orqali ijtimoiy, siyosiy va ta'limiy mavzularni o‘rganishga yordam beradigan o‘yinlarni ishlab chiqishga ihtisoslashgan.

InfoCheck Central Asia loyihasida professor jamoalarga o‘yin mexanikalari bo‘yicha maslahatlar beradi va o‘smirlarning g‘oyalarini tushunarli, qiziqarli hamda haqiqatda ishlaydigan raqamli mahsulotlarga aylantirishga yordam beradi.

Uning vazifasi - loyihalarning mazmuniy qimmatini saqlab qolgan holda, ular bilan o‘zaro hamkorlik va muloqot o‘smirlar auditoriyasi uchun qiziqarliligicha qolishini ta'minlashdir.