Kinofestivali

Shum Bola 2024

O'zbekistondagi Gyote-Instituti, "O'zbekkino" Milliy agentligi hamda "Shlingel" Xalqaro film festivali (Kemnitz, Germaniya) hamkorlikda har yil "Shum bola" - bolalar va o'smirlar kinofestivalini taqdim etadi.

Tomoshabinlar kinozalda o'tirishibdi © Goethe-Institut Usbekistan

O‘zbekistondagi Gyote-Instituti 11 yildan buyon “Shum bola” bolalar va o‘smirlar kinofestivalini taqdim etib kelmoqda. Asli Germaniyaning Kemnits shahridan bo’lgan nufuzli “Schlingel” xalqaro kinofestivali va boshqa mahalliy va mintaqaviy hamkorlar bilan birgalikda har yili o‘tkaziladigan ushbu tadbir bolalar va yoshlar filmlarini nafaqat butun O‘zbekistonga, balki 2024-yilda Tojikistonga ham olib keladi! 

Festivalda namoyish etiladigan filmlar Schlingel festivalining joriy katalogidan olingan. Festivalni Kemnitsdagi kinofestival rejissyori Maykl Xarbauer boshqaradi. Barcha filmlar asl tilida ruscha subtitrlar bilan yoki oʻzbek tilida, qisman qoraqalpoq tilida, tojikcha dublyajli versiyalarda taqdim etiladi. Ushbu filmlar madaniy xilma-xillik, ijtimoiy adolat, gender va o'ziga xoslik muammolari, shaxslararo munosabatlar kabi dolzarb ijtimoiy muammolarni o’z ichiga qamrab oladi. Ushbu namoyishlar mintaqaning o'sib kelayotgan yosh tomoshabinlariga mos keladigan xilma-xillik, imkoniyatlar va shaxsiy rivojlanish borasida katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Festivalda kino dasturlaridan tashqari siz seminarlar va muhokama guruhlarida ham ishtirok etishingiz mumkin. 

Bolalar va o'smirlar uchun nemis tilidagi filmlar festivali O'zbekistonda 2023 © Goethe-Institut Usbekistan

Bizni kuzatib boring