Dunyo bilan o'zaro munosabatda. Xilma-xillik, tushunish va ishonchni ko‘zlab.
Biz butun dunyo bo'ylab insonlarni birlashtiramiz. Germaniya Federativ Respublikasining madaniyat muassasasi sifatida xalqaro madaniy almashinuv, ta'lim va ijtimoiy nutqni targ'ib qilamiz, nemis tilini o'qitish va o'rganishni qo'llab-quvvatlaymiz. Hamkorlarimiz bilan birgalikda biz global imkoniyatlar va muammolarga e'tibor qaratib ishonchli muloqotga turli nuqtai nazarlarni jalb qilamiz. Tinglash va mulohaza yuritishni tushunishning kaliti deb bilamiz. Ochiqlik, xilma-xillik va barqarorlik tarafdorimiz. Ushbu tamoyillar bizning taklif va ish uslublarimizni ifodalab beradi.