PASCH tashabbusi
Maktablar: Kelajak hamkorlari
Birgalikda, O‘rganamiz, Butun dunyo bo‘ylab!
Tashabbus doirasida Gyote-Institut nemis tilini o‘rganishga qiziqish va ishtiyoq uyg‘otish uchun faol ishlaydi. PASCH/Fit maktablarida nemis tili darslari ta’lim dasturining doimiy va uzoq muddatli qismi bo‘lishi ko‘zda tutiladi.
Shuning uchun Gyote-Institutning malakali o‘qitish bo‘yicha mutaxassislari nemis tilini chet tili sifatida joriy etmoqchi yoki rivojlantirmoqchi bo‘lgan maktablarga butun dunyo bo‘ylab bevosita maslahat beradi. Bundan tashqari, Gyote-Institut o‘zi qo‘llab-quvvatlaydigan Fit-maktablarni zamonaviy chet tilini o‘qitish materiallari bilan ta’minlaydi. Nemis tili o‘qituvchilari uchun Gyote-Institut metodik-didaktik malaka oshirish kurslari va til kurslarini taklif etadi.
Faol o‘quvchilar, shuningdek, har yili o‘tkaziladigan PASCH-yoshlar kurslarida ishtirok etish va Germaniyani bevosita tanish imkonini beradigan stipendiyaga tanlanishlari mumkin. Gyote-Institut, shuning bilan birga, nemis tilini bilish orqali ochiladigan kasbiy imkoniyatlar haqida ma’lumot berishga katta e’tibor qaratadi. Nemis tilini o’rganuvchilar Germaniyada oliy ta’lim yoki kasbiy ta’lim dasturlariga ariza topshirish jarayonida qo’llab - quvvatlanadi.
PASCH tashabbusi va uning o‘quvchilar tarmog‘i bilan aloqa o‘quvchilar maktabni tamomlagandan keyin ham davom etadi. PASCH bitiruvchilari bilan ishlash doirasida Goethe-Institut bitiruvchilar uchrashuvlarini tashkil qiladi va shaxsiy tarmoqlanish (networking) uchun imkoniyat yaratadi.
Raqamlar va Faktlar
“Maktablar: Kelajak hamkorlari” tashabbusi doirasida ilk PASCH maktablari bilan hamkorlik boshlandi.
mamlakatga safar qilish kerak bo‘ladi, Goethe tarmog‘idagi barcha 700 ta PASCH maktablarini borib ko’rish uchun.
PASCH- o’quvchilari Gyote-Institutlari qo’llab quvvatlayotgan maktablarda nemis tilini o’rganadilar.
stipendiyalar Germaniyadagi PASCH yoshlar kurslari uchun 2008-yildan beri butun dunyo bo‘ylab berib kelinmoqda.
Aloqa
-
Tel.: +99878 1401470Simon Kretschmer
„Maktablar: kelajak hamkorlari“ tashabbusining (PASCH) O’zbekiston va Tojikistondagi koordinatori
simon.kretschmer@goethe.de
-
Tel.: +99878 1401470Ilmira Galiulina
„Maktablar: kelajak hamkorlari“ tashabbusining loyihalar bo’yicha mas'ul xodimi (PASCH)
Ilmira.Galiulina@goethe.de
-
Tel.: +99878 1401470Fazolat Sharipova
„Maktablar: kelajak hamkorlari“ tashabbusining loyihalar bo’yicha mas'ul xodimi (PASCH)
Fazolat.Sharipova@goethe.de
PASCH hamkorlari
PASCH - bu Tashqi ishlar vazirligining tashabbusi bo‘lib, chet eldagi maktablar uchun Markaziy boshqarmasi (ZfA), Gyote-Instituti, Germaniya akademik almashinuv xizmati (DAAD) va Madaniyat vazirligi konferensiyasi kotibiyati huzuridagi Pedagogik almashinuv xizmati (PAD) hamkorligida amalga oshiriladi.