Nemis tili imtihonlari

Deutschprüfungen Foto: iStockphoto / Kali Nine LLC

Imtihonlarimiz haqida qisqa ma'lumot

Sizga nemis tilini bilishingiz to'g'risida xalqaro miqyosda tan olingan hujjat kerakmi? Biz A1 dan C2 gacha barcha darajalar bo'yicha nemis tili imtihonlarini o'tkazamiz.

IMTIHON NARXLARI

E'tibor bering, imtihon narxlari 28.02.2024 dan boshlab oshiriladi.
Amaldagi imtihon narxlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
 

Muhim ma'lumot!

● Chet-el fuqarolari uchun imtihon to‘lovi ro’yxatdan o’tish bilanoq Master Card yoki Visa kartalari orqali amalga oshirilishi shart.
Toʻlovni Master Card yoki Visa kartalari orqali 30 daqika ichida amalga oshirishingiz kerak. To’lov kechiktirilgan taqdirda, joyingiz bekor qilinadi.

● To’lovni UzCard va Humo kartalari yordamida. Naqd pul bilan ham to´lashingiz mumkin. Toʻlovni ro’yxatdan o’tganingizdan keyin 24 soat ichida amalga oshirishingiz kerak. To’lov kechiktirilgan taqdirda, joyingiz bekor qilinadi va saytimizda ro’yxatdan o’tish uchun paydo bo'ladi.

Iltimos diqqat qiling!

  • Roʻyxatdan oʻtishni soddalashtirish uchun MeinGoethe.de saytida ushbu jarayondan oʻzingiz oʻtishingizni maslahat beramiz.
  • Imtihonlarga ro‘yxatdan o‘tish har oyning 1-kuni soat 09:00 da boshlanadi.
  • Siz faqat BIR imtihonga ro'yxatdan o'tishingiz mumkin. 
  • 1-avgustdan boshlab KUTUVCHILAR RO`YHATI bekor qilinadi.
  • Agar ro'yxatdan o'tishga ulgurmagan bo'lsangizvaqti-vaqti bilan saytni tekshirib turishingiz kerak. Bekor qilingan joylar avtomatik ravishda saytda paydo bo'ladi.
  • Agar siz imtihonga roʻyxatdan oʻtib to’lov qilmasangiz, keraksiz band qilingan joylar sonini kamaytirish maqsadida, sizni keyingi 2 oyga imtihonlarga ro’yxatdan o’tishdan chetlashtirishga majbur bo’lamiz.
  • Imtihon natijalari odatda MeinGoethe.de saytida 10 kundan 14 kungacha vaqt ichida e'lon qilinadi. Afsuski, ba'zi imtihonlar natijasini e'lon qilish uzoqroq davom etishi ham mumkin. Iltimos, buni hisobga olishingizni so'raymiz va bizga qo'ng'iroq qilishdan avval MeinGoethe.de saytida natijalaringizni tekshirib ko'ring.

Goethe-Zertifikat B1

Goethe-Zertifikat B2

Goethe-Zertifikat C1

Goethe-Zertifikat C2

Goethe-Test PRO

Qo'shimcha ma'lumotlar

Imkoniyati cheklangan shaxslarga qulay mashqlar

Barcha nemis tili imtihonlari uchun mashq materiallari va imtihon namunalarini imkoniyati cheklangan shaxslarga qulay shaklda mashq qilish uchun taklif etamiz.

Sifat standartlari

Yiliga 230 000 dan ortiq mamnun mijozlar: butun dunyoda Gyote Instituti sertifikatlari til bilimlarini tasdiqlovchi va kuchga ega bo’lgan hujjat sifatida qadrlanadi.

Imtihonlarga tayyorgarlik ko'rish uchun adabiyotlar ro'yxati.

Imtihon byuroda siz imtihonlarga tayyorgarlik ko'rish uchun adabiyotlar ro'yxati topasiz. Ushbu ro'yxat sizga tayyorgarlikni nimadan boshlash kerakligini aniqlashga yordam beradi.

Ko’p beriladigan savollar

Bu yerda Sizga Gyote Instituti imtihonlariga oid umumiy ma‘lumot hamda ko’p beriladigan savollarga javob beramiz.