Goethe-Zertifikat B2

Sizning xohishingiz...

  • Germaniyada oliy o'quv yurtida o'qishga tayyorlanish
  • ishlash uchun yuqori darajali nemis tili bilimlari borligini tasdiqlash
  • tibbiyot sohasida faoyliyat yuritishga tayyorlanish
  • B2 bosqichidagi bilimlaringizni tasdiqlashrasmiy va xalqaro tan olingan sertifikatni olish

Das Goethe-Zertifikat B2 ist eine Deutschprüfung für Jugendliche und Erwachsene. U til bilimi o‘rta darajada ekanligini tasdiqlaydi va Til bilish bo’yicha umumyevropa (GER) standartida ta’riflangan olti bosqichli shkalaning to’rtinchi (B2) bosqichiga to’g’ri keladi.

Mazkur imtihonni muvaffaqiyatli topshirganligingiz quyidagilarni bildiradi ...

  • Siz aniq va mavxum mavzularga tegishli murakkab matnlarning asosiy mazmunini tushunasiz va o'z mutaxassisligingiz bo'yicha maxsus bahs-munozaralarni ham tushuna olasiz.
  • Siz o'z fikringizni shunchalik spontan va ravon ifodalay olasizki, til sohiblari bilan suhbat qurishingiz mumkin va bu suhbat ikkala taraf uchun katta qiyinchiliklarsiz kechadi.
  • Siz keng doiradagi mavzularda o'z fikringizni aniq va batafsil ifodalay olasiz, biror dolzarb masala bo'yicha o'z nuqtai nazaringizni tushuntirib va har xil imkoniyatlarning afzalliklari va kamchiliklarini ko'rsatib bera olasiz.

Imtihonlar sanasi

*) Koʻrsatilgan arzonroq narx agar siz Goethe-Institut nemis tili kursiga olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda tashrif buyurgan boʻlsangiz amal qiladi. Mazkur olti oy deganda til kursining yakunlanishi va nemis tili imtihoni sanasi orasidagi muddat tushuniladi. Bunday holatda narx buyurtma jarayonida avtomatik tarzda oʻzgaradi. Agar bunday boʻlmasa, kurslar oʻtkaziladigan ofisga murojaat qiling.

Batafsil ma'lumot olish uchun bizga qo'ng'iroq qilishingizni yoki elektron pochta orqali 
Nozima.Yarmukhammedova@goethe.de orqali bog'lanishingizni so'raymiz. 

TestDaF bo'yicha batafsil ma'lumot olish uchun bizga qo'ng'iroq qilishingizni yoki elektron pochta orqali 
tanzilya.gafurova@goethe.de orqali bog'lanishingizni so'raymiz.  Konsultasiya va ro'yxatdan o'tish

Tayyorlanish

Mashq uchun materiallar

Bu yerda Siz onlayn mashq qilish uchun imtihon va mashqlar namunalari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarga qulay hamda interfaol mashqlarni topasiz.

Qo’shimcha ma’lumot

„Goethe-Zertifikat B2“ imtihoniga tegishli dastlabki shartlar, imtihon mazmuni va qo’shimcha ma’lumotni bu yerda topasiz:

Goethe-Zertifikat B2 Digital

O’zbekistondagi Gyote Instituti Goethe-Zertifikat B2 imtihonini raqamli formatda ham taklif etadi.