Madaniyat

Toshkentdagi monumental binoning tomida film namoyishi © Goethe-Institut Usbekistan

Biz madaniy almashinuv, ta'lim va ijtimoiy nutqni rag'batlantiramiz

O'zbekistondagi Gyote-Instituti xalqaro madaniy almashinuv va global birlikni mustahkamlashga yordam beradi. Loyihalarimiz va moliyalashtirish dasturlarimiz mezbon mamlakatlardagi institutlar, tashabbuslar va ijodkorlar bilan yaqin hamkorlikda ishlab chiqiladi. Biz madaniyat, ta’lim va ilm-fan o‘rtasida ko‘prik quramiz va ochiq, ishonchli muloqot uchun maydon yaratamiz.

Projekte

  • Mintaqaviy loyiha

    UNRULY MIRRORS - Sirtqi qiyofa bilan nuqtai nazar orasida

    «UNRULY MIRRORS» Sharqiy va Markaziy Osiyodagi go‘zallik salonlarini ambivalent makon sifatida ko‘rib chiqadi: bir tomondan — go‘zallik haqidagi barqaror tasavvurlar tarqatiladigan joylar, boshqa tomondan esa — yaqinlik, almashinuv va yangi o‘zini ifoda etish shakllari yuzaga keladigan makonlar.

    UNRULY MIRRORS - zwischen Haut und Haltung  © Goethe-Institut Kasachstan © Goethe-Institut Kasachstan

  • Ko'rgazma

    Paula Moderzon-Bekker va Vorpsvede rassomlari

    "Rasmlarni chizishda tabiatga ko'p e'tibor bermaslik kerak. (...) Asosiysi, mening shaxsiy hissiyotlarim.“
    Bu so‘zlar o‘z davrining eng mashhur nemis rassomlaridan biri — Paula Modersohn-Beckerga tegishli. U studiyada emas, balki bevosita tabiat qo‘ynida ijod qilish orzusini amalga oshirish uchun Vorpsvede san’at koloniyasiga ko‘chib o‘tgan edi.

    Otlar bilan yaylov © ifa © ifa

  • Hamkorlik loyihasi

    Yolg‘izlik: Yakkalanish va Erkinlik

    Sharqiy va Markaziy Osiyodagi Gyote-Institutlarining ushbu qo‘shma loyihasi mintaqa va Germaniyadan bo‘lgan ijodkorlarni birlashtiradi. Ular yolg‘izlikning turli jihatlarini performanslar, ko‘rgazmalar va muhokama tadbirlari orqali tadqiq qiladilar.

     

    Yolg‘izlik: Yakkalanish va Erkinlik © Everyday Practice © Everyday Practice

Faoliyatimiz

Biz Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy almashinuvni qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz birgalikda badiiy ishlab chiqarish, qabul qilish va aks ettirishga qaratilgan filmlar namoyishi, ko'rgazmalar, kontsertlar, seminarlar va festivallarni tashkil qilamiz.

  • Bolalar va o'smirlar kinofestivali

    Shum Bola

    Oʻzbekistondagi Goethe-Institut Germaniyaning Kemnits shahridagi “Schlingel” nemis kinofestivali bilan hamkorlikda har yili Oʻzbekistonda “Shum Bola” kinofestivali o'tkazib keladi.
     

    Shum Bola Goethe-Institut Usbekistan © Aziz Mamadaliev Goethe-Institut Usbekistan © Aziz Mamadaliev

  • Decolonial uchrashuvlar

    Yechim (Siz)

    "Yechim (Siz) - Dekolonial uchrashuvlar"loyihasi orqali Gyote-Institut mustamlakachilikdan keyingi o'ziga xos o'lchovga ega mintaqalar sifatida e'tiborni Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoga qaratadi.
     

    (Auf)Lösungen © Goethe-Institut © Goethe-Institut

  • Elektron musiqa festivali

    Stihia

    Orol dengizining qurigan tubi elektron musiqa, texno, avangard va raqs sahnasiga aylanib, insoniyatning eng katta fojeasini dunyoga eslatadi.

    Festival maydonida © Goethe-Institut Usbekistan © Goethe-Institut Usbekistan

Madaniy hamkorlikni rivojlantirish

Gyote-Instituti barcha sohalarda rassomlarni va madaniy loyihalarni rivojlantirishga yordam beradi. Biz O‘zbekiston va Germaniyada turli shakl va formatdagi loyihalarni amalga oshirishda mutaxassislar, shuningdek, yoshlar va oddiy odamlarni qo‘llab-quvvatlaymiz.

  • Hamkorlikdagi ishlab chiqarish xalqaro fondi

    Gyote-Instituti yangi tashkil etilgan hamkorlikda ishlab chiqarish fondi bilan xalqaro madaniy almashinuvda yangi hamkorlikdagi ish jarayonlari va innovatsion mahsulotlarni rag'batlantirishni maqsad qilgan.

  • Tarjimonlar dasturi

    Dastur 1974 yilda ishga tushurilganidan beri butun dunyo bo'ylab nashriyotlar bizning moliyaviy ko'magimiz bilan 7000 dan ortiq kitoblarning tarjimalarini 45 tilda nashr etishga erishganlar.

    Tarjimonlar dasturi    

Filmlar arxivi

Goethe-Institutining filmlar katalogi orqali madaniyat sohasi xodimlari filmlarni izlashlari va ijaraga olishlari mumkin. Umumiy taklif 600 dan ortiq badiiy va hujjatli filmlarni o‘z ichiga oladi.

Kutubxona

Bizning kutubxonamizga o'qishni, musiqa tinglashni, filmlarni tomosha qilishni, ilhom olishni va yangi do'stlar orttirishni xohlaydigan har bir inson tashrif buyurishi mumkin. Elektron yoki oddiy kitoblar, medialarni kutubxonadan yoki onlayn platformadan foydalanish uchun oling. Bizda o'yinlar to'plami ham mavjud. 

Axborot. Ma'lumot izlash. Qo'llab-quvvatlash.

  • Nemis onlayn kutubxonasi

    Onleihe

    Onleihe - Gyote-Institutining bepul raqamli kutubxonasi. Hozirda siz nemis tilidagi 20 000 ga yaqin elektron kitoblar, audio kitoblar, nemis tilini oʻrganuvchilar uchun materiallar, jurnal va gazetalarni yuklab olishingiz va onlayn filmlarni tomosha qilishingiz mumkin. Ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar cheklangan vaqt uchun elektron kitoblar va raqamli medialarni yuklab olishlari mumkin.

    Onleihe - bosh sahifa © Goethe-Institut © Goethe-Institut

  • Madaniyat haqida xalqaro jurnal

    Zeitgeister

    Dunyo bo'ylab qanday mavzular va nutqlar bizni qiziqtiradi? Zeitgeister onlayn jurnali mutaxassislar, rassomlar va mualliflarni fikr almashishga taklif qiladi. U mahalliy va global istiqbollarni taklif etadi - mustamlakachilikdan keyingi barqarorlik, post-raqamli madaniyatlar, feminizm va joriy voqealar.

  • Germaniya haqida jurnal

    #DeutschlandNoFilter

    Bir jurnalda Germaniyaning xilma-xilligi. #DeutschlandNoFilter dialektlar va kitobchilik  sohasidagi rivojlanish, teleseriallar bo'yicha maslahatlar va kundalik ish hayoti, sport va musiqa, barqarorlik g'oyalari va siz o'rganishingiz kerak bo'lgan maxsus joylar haqida tushunchalarni o'z ichiga oladi. Ushbu jurnal Germaniyaga qiziqqan va nemis tilini yaxshi ko'radiganlar uchundir.

    #DeutschlandNoFilter © Tobias Schrank, Goethe-Institut © Tobias Schrank, Goethe-Institut