„Maktablar: Kelajak hamkorlari“ (PASCH) tashabbusi butun 1.700 ga yaqin Germaniya bilan o’ziga xos bog’ligi bo’lgan maktablarni dunyo bo’yicha bir tarmoqda birlashtiradi. Gyote-Instituti 100 dan ortiq mamlakatda milliy ta’lim tizimida bo‘lgan 550 ga yaqin PASCH-maktablariga g’amxo’rlik ko’rsatadi.
Germaniyaning da o‘qishni tugatganlar uchun mo’ljallangan Alumni tarmog‘i bu ijtimoiy tarmoq bo’lib u Germaniyada oqishni tugatib qaytganlar, tadbirkorlar, oliy o’quv yurtlari va tashkilotlar o’rtasida tajriba almashinish uchun mo’ljallangan.
Germaniyadagi yuqori sifatli ta'lim o'z vataningda yoki dunyo bo'ylab mav'qega erishish uchun eng optimal asosdir. Germaniya oliygohlariga ko’prik nomli pullik dastur, maktab, akademik litsey va kasb hunar kollejlarini bitirgandan so’ng, hech qanday qo’shimcha tayyorgarliksiz Germaniya oliygohlariga to’g’ridan to’gri kirish imkonini beradi.
Siz B1, B2 yoki C1 imtihonlariga tayyorgarlik ko'ryapsizmi, demak bu tadbir aynan Siz uchun. "Mutaxassis kabi tinglang" onlayn seminarida Olga Sverlova Sizga tinglab tushunish strategiyalarini taqdim etadi va Sizning savollaringizga javob beradi.
04.07. dan - 08.07.2022 gacha Edelweys tog' mehmonxonasida DLL (olmon tilini o'rgatishni o'rganish) dasturini o’quv rejasiga kiritayotgan hamkor universitetlar uchun seminar bo'lib o'tdi.
So'nggi yillarda O'zbekistonda nemis tilini o'rganishga qiziqish doimiy ravishda o'sib borayotgan bo'lsa-da, maktablarda nemis tili darslarining qisqarib borishi kuzatilmoqda.
Anjuman Xorijdagi maktablar markaziy boshqarmasi (ZfA), Nemis akademik almashuv xizmati (DAAD) va Germaniyaning O'zbekistondagi elchihonasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Bolalar savol berishni yaxshi ko’rishadi. Shu sabab ayniqsa ota-onalar o’z farzandlari uchun taklif qilinayotgan yuqori sifatli loyihamizdan benihoya quvonadilar.
Bu yil O‘zbekistondagi Gyote-Instituti 2022 yil Vena shahrida "mit.sprache.teil.haben" shiori ostida bo'lib o'tadigan Xalqaro nemis tili o'qituvchilarining kongressida qatnashish uchun stipendiyalar ajratdi. Butun dunyodan 3000 ga yaqin mutaxassislar ishtiroki rejalashtirilgan.
Bolalar savol berishni yaxshi ko’rishadi. Shu sabab ayniqsa ota-onalar o’z farzandlari uchun taklif qilinayotgan yuqori sifatli loyihamizdan benihoya quvonadilar. Nemis tili ilm-fanda eng muhim horijiy tillardan biri bo’lgani sababli, biz Sizga “Kinderuni – nemis onlayn bolalar universiteti” loyihasini taqdim etamiz.
Gyote-Instituti Oʻzbekistondagi universitetlarga DLL dasturining komponentlarini o'quv rejalariga integratsiyalashuvi asosida nemis tili o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlash sohasida hamkorlikni taklif etadi.