Germaniya universitetlarida taxsil olish imkoniyati
Germaniya xorijiy talabalar orasida taxsil olish uchun eng ko'p tanlanadigan mamlakatlar uchtaligiga kiradi. Bu tasodif emas: Germaniya oliy ta’lim muassasalarida (OTM) ta'lim olish – bu eng yuqori darajada sifatli ta'lim olish, O’zbekistonda hamda xorijiy davlatlarda muvaffaqiyatli karyera uchun mustahkam poydevor yaratish, deganidir. „Germaniya universitetlariga ko'prik“ pullik dastur bo'lib, u maktab/litsey/kasb hunar kolledjini bitirgandan so’ng hech qanday qo'shimcha tayyorlov kurslari va qabul imtihonlarisiz Germaniya OTMlarining biriga o'qishga kirish imkonini beradi.
„Germaniya oliygohlariga ko‘prik“ ta'lim dasturi Germaniyada taxsil olishga tayyorlovchi quyidagi modullarni o’z ichiga oladi:
Modulning nomlanishi
Modul mazmuni
Madaniyatlar aro muloqot bo’yicha trening „Fit für das Studium in Deutschland“
Ushbu onlayn kurs, tyutor muallim hamrohligida olib boriladi. Uning maqsadi, Germaniyadagi talabalik hayoti va talabar kampusi bilan ishtirokchilarni tanishtirish.
Sohaga yo’naltirilgan til moduli
Germaniya universitetlarida sohaga yo’naltirilgan ta’lim olishga tayyorlovchi, tyutor muallim hamrohligida olib boriladigan onlayn kurs. Tanlash uchun 7 ta modul taqdim etiladi (matematika, informatika, fizika, biologiya, kimyo, texnika, iqtisodiyot).
TestAS imtihonining formati bilan tanishtiruvchi kurs
TestAS imtihonining formati, tuzilishi, mazmuni va tarkibiy qismlari bilan tanishtiruvchi, tyutor muallim hamrohligida olib boriladigan onlayn kurs.
*TestDaF va TestAS imtihonlari
TestDaF – nemis tili bo’yicha xalqaro imtihon bo’lib, u Germaniya universitetlarida taxsil olish uchun zarur til ko’nikmalari mavjudligini tasdiqlab beradi. TestAS – universitetda taxsil olish uchun intelektual jihatdan tayyorgarlik darajasini aniqlab beruvchi standartlashgan imtihondir. U umumiy va sohaviy moduldan iboratdir.
*Dastur ishtirokchilari TestDaF va TestAS imtihonlarini mustaqil topshirishlari kerak. Imtihon to’lovlari dastur uchun to’lov ichiga kiritilmagan.
Dasturning hamkor universitetlari, dasturni muvaffaqiyatli tugatgan ishtirokchilarga tabiy va aniq fanlar, shuningdek iqtisodiyot bo'yicha turli ta'lim yo'nalishlarini taklif etadi va har yili ma'lum miqdordagi qabul kvotalarini ajratadi. Universitetlarning keng ko'lamli qo'llab quvvatlash dasturi, ishtirokchilarga Germaniyada taxsil olishni a'lo darajada boshlash imkonini beradi. Hamkor universitetlar Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Brandenburg va Tyuringen federal yerlarida joylashgan.
Ishtirokchi tanlovga ariza topshirish vaqtida umumiy o'rta ta'lim maktabining 11 - sinfida yoki akademik litsey va kasb-hunar kolledjining so’ngi bosqichida ta’lim olayotgan bo’lishi kerak;
Ishtirokchining nemis tilini kamida B2 darajada bilishini tasdiqlovchi Gyote-Instituti sertifikati taqdim etilishi lozim;
Shuningdek, Germaniya oliygohlarida o'qish uchun yuqori motivatsiyaga ega bo’lish, maktab olimpiadalarida, musobaqalarda, mintaqaviy va mintaqalararo loyihalarda ishtirok etganligi to'g'risidagi tasdiqnomalar taqdim etilishi kerak;
matematika, informatika va tabiy fanlardan maktabdagi baholari yuqori bo'lishi,
ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok etgan bo'lishi;
ota-onasining dasturda ishtirok etish uchun yozma roziligiga ega bo’lishi kerak (balog’at yoshiga yetmaganlar uchun).
„Germaniya oliygohlariga ko’prik“ ta'lim dasturida ishtirok etish uchun B2 va undan yuqori darajadagi Gyote-Sertifikati taqdim etilishi kerak.
Albatta. „Germaniya oliygohlariga ko’prik“ ta'lim dasturining barcha modullarini onlayn formatda o'tish mumkin. TestDaF va TestAs imtihonlarida ishtirok etish uchun Siz mustaqil ravishda ro'yhatdan o'tishingiz zarur. Siz bizdan bu borada maslahat va tavsiyalar olishingiz mumkin.
„Germaniya oliygohlariga ko’prik“ ta'lim dasturi pullik dastur bo’lib, asosan 2023 yil umumiy o’rta ta'lim maktabining 10 - sinfini tugatgan o’quvchilar, yoki akademik litsey va kasb-hunar kolledjining so’ngi bosqichiga o’tgan talabalarga mo’ljallangan.
Dasturda ishtirok etish uchun 6.500.000,- so'm to’lanadi. Diqqat! Ushbu summaga TestDaF va TestAS imtihonlarida ishtirok etish uchun to’lovlar kiritilmagan. Shuningdek, Gyote-Instituti vizani rasmiylashtirish harajatlari va Germaniya OTM larida taxsil olish bilan bog’liq harajatlarni to’lab bermaydi.
TestDaF dastur ishtirokchilari tomonidan nemis tili kurslari va imtihonga tayyorgarlik kursidan so'ng topshiriladi.
TestDaF imtihonini muvaffaqiyatli topshirish, ishtirokchining nemis tilini bilish darajasi CEFR talablari bo'yicha B2 - C1 ekanligini, hamda Germaniya oliy o'quv yurtlarining deyarli barcha fakultetlari va kurslarida o'qish uchun yetarli bo'lgan nemis tilini bilish darajasi mavjudligini tasdiqlaydi. Buni esa TestDaF imtihonining har bir qismidan (ular 4ta) kamida 4 baldan olish bilan isbotlash mumkin. Imtihon to'rt qismdan iborat: o'qib tushunish, tinglab tushunish, yozma va og'zaki qism. Imtihon Toshkentdagi Gyote institutida o'tkaziladi.
TestAS imtihonini topshirish "Germaniya universitetlariga ko'prik" dasturining muhim qismidir.
TestAS imtihoni xorijiy talabalarning oliy o'quv yurtida taxsil olish uchun layoqatini tekshirishga qaratilgan standartlashtirilgan testdir. TestAS umumiy modul va fan modulidan iborat ("matematika, informatika va tabiiy fanlar", "texnika fanlari" yoki "iqtisodiyot fanlar"ni tanlash). Germaniya universitetiga o'qishga kirish uchun testning umumiy va fan modulidan kamida 100 ball to'plash kerak bo'ladi.