Taqdimot, axborot, motivatsiya!

 

Tadbir o’tkazish rejalashtirilgan joy: umumiy o’rta ta’lim maktablari / hudulardagi IT markazlar

Tadbirlarning maqsadi: Mahorat darslari va axborot tadbirlari o‘quvchilarning IT sohasiga qiziqishini oshiradi. Ular VR ko’zoynaklar yordamida IT-kasblar olamiga sho‘ng’ishadi va dasturchi, dasturiy ta'minot mutaxassisi kabi IT-sohadagi kasblar bilan, hamda ushbu kasblarning eng muhim vazifalari va ko'nikmalari bilan intervaol tarzda tanishadilar. Shuningdek, mahorat darslarida o’quvchilar o’zlarining ilk dasturlarini, hamda mobil ilovalarini yaratadilar.

I bosqichning davomiyligi: I bosqich 3 oyga rejalashtirilgan (aprel, may, iyun).
 
15-16. Aprel 2024  Namangan va Andijon shaharlarida mahorat darslari va axborot tadbirlari o‘tkazish;
29-30. Aprel / 01.May 2024  Samarqand, Buxoro va Qarshi shaharlarida mahorat darslari va axborot tadbirlarini  o‘tkazish;
18-20. May 2024  Nukus va Urganch shaharlarida mahorat darslari va axborot tadbirlarini o‘tkazish;
08. Iyun 2024  Sirdaryoda mahorat darslari va axborot tadbirlari o‘tkazish;
15. Iyun 2024  Jizax shahrida mahorat darslari va axborot tadbirlarini o‘tkazish.

Axborot tadbirlari mazmuni:

Maqsad: Ishtirokchilarda IT sohada faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan tanishtirish, ularda IT-kasbiga qiziqish uyg’otish. O’zbekistondagi Gyote-Instituti, VRonica va IT-Park hamkorligida tashkil etilgan GameDev Goethe o’yinlar yaratish inkubatori bo’yicha ma’lumot berish, ularning savollariga javob berish, inkubator ishtirokchilari tomonidan yaratilgan ta’lim sohasiga doir o’yinlarni namoyish etish. Shuningdek, Germaniyada o’qish imkoniyatlari haqida o’quvchilar va ularning ota onalariga ma’lumot berish.

  1. VRonica kompaniyasining yetakchi mutaxassislari Islom Sharipov va Shavkat Kahharov, TBC UZ O’zbekistondagi birinchi raqamli bankda IT mutaxassis Aleksey Melnik, „O’zbekkosmos“ agentligi dasturchi muhandisi Nodira Tillaeva taqdimotda o’zlarining kasb tanlash jarayonlari haqida, IT-sohaning o’ziga hos jihatlari haqida, o’zlarining bugungi kungacha erishgan natijalari haqida gapirib beradilar. O’quvchilarning savollariga javob beradilar.
  2. O’zbekistondagi Gyote-Instituti hodumlari, Gyote-Instituti, VRonica va IT-Park hamkorligida tashkil etilgan GameDev Goethe o’yinlar yaratish inkubatori bo’yicha taqdimot qiladilar va o’quvchilarda IT-sohaning bugungi kunda dolzarb yo’nalishlaridan biri o’yinlar yaratish bo’yicha ma’lumot beradilar.
  3. O’quvchilar va ularning ota-onalari uchun „Germaniyada o’qish“ mavzusida axborot soati: Germaniyadagi Saksoniya oʻlkasida joylashgan oliygohlarda IT-yo’nalishida ta’lim olish bo’yicha taqdimot. (Zlixa Tiloyeva, Saksoniya oliygohlarining Toshkentdagi vakili)

Germaniyaning Berlin shahridagi oliygohlarda taxsil olish bo’yicha taqdimot (Tobias Stuedemann Freie Universität Berlin, xalqaro aloqalar bo‘limi).
Notiqlar Germaniyada IT yo’nalishda o’qish uchun qanday bilim va ko’nikmalar kerak bo’lishini, nimalarga e’tibor berish kerakligini taqdimot orqali tushuntirib beradilar va shu tariqa bolalarda Germaniyaga, nemis tiliga qiziqish uyg‘otadilar.

Mahorat darslari:

VR simulyatoridagi kasblar:
Maqsad: Ishtirokchilarga virtual muhitda turli kasblarni sinab ko'rish imkoniyatini berish.

„Sening birinchi kuning“: kasblar haqida 360 darajadagi videolar:
Maqsad: Ishtirokchilarga 360 darajadagi videolar yordamida Germaniyadagi korhonalardagi ish jarayoni haqida umumiy ma'lumot berish.

Sun'iy intellekt (SI) yoradmida dasturlash:
Maqsad: Ishtirokchilarga SI yordamida dasturlash asoslarini o'rgatish.

App-Inventor va AI yordamida mobil ilovalarni yaratish:
Maqsad: Ishtirokchilarga App-Inventor yordamida mobil ilova yaratish asoslarini o‘rgatish.
 

Bizni kuzatib boring