Ekranlashtirilgan badiiy asarlar
„Ekranlashtirilgan badiiy asarlar“ („Literaturverfilmungen“) bo‘limiga adabiy asarlar motivlari asosida suratga olingan filmlar kiradi. Bu yerda turli janrlar muxlislari uchun kinoasarlar mavjud: qiziqarli triller (“Oyning qorong‘i tomoni” – „Die dunkle Seite des Mondes“), muhabbat va san’at haqida psixodrama („Agnes“), shaxsiy inqiroz vaqtlarida o‘zlikni topish haqida qissa (“Parchalar parki” – „Scherbenpark“, “Kambag‘allar” – „Die Habenichtse“, “Tepada hamma yoq tinch” – „Oben ist es still“), urush haqida drama (“Qalin daftar” – „Das große Heft“) va oilaviy komediya (“Balog‘atga yetish” – „Das Pubertier“). Batafsil rus tilida...
Peter stamm:
Agnes
martin suter:
Die dunkle Seite des Mondes/The dark side of the moon
Ágota Kristóf:
Das große Heft
Katharina Hacker:
Die Habenichtse
Gerbrand bakker:
Oben ist es still
jan weiler:
Das Pubertier/Teenosaurus Rex
Alina Bronsky:
Scherbenpark
erix kestnerning ekranlas:
katta va kichik bolalar uchun
Erix Kestner 20-asr nemis yozuvchilari orasidagi eng mashhur bolalar yozuvchilaridan biri sanaladi. Uning asarlari (ham bolalar, ham kattalar uchun) asosida Germaniyada va chet ellarda ko‘plab filmlar suratga olingan. Kestnerning romanlarida va ular asosida ekranlashtirilgan filmlarda bolalar katta yoshlilar dunyosining adolatsizliklariga va shafqatsizliklariga qarshi kurashishadi. O‘zlarining kichik yoshiga qaramasdan ular „katta“ odamlar hal qilolmaydigan muammolarga yechim topishadi. Kestnerning ancha keyinroq yozilgan romanlarida katta yoshlilar haqida ham so‘z boradi. Lekin uning barcha qahramonlarini bir narsa birlashtirib turadi: ular bolalarcha samimiylik va o‘z atrofiga nisbatan qiziquvchan nigohni keksalik davriga qadar saqlab qolishadi. Batafsil rus tilida...