Tojikistonda nemis tili o'qituvchilari anjumani

Tojikistonda nemis tili o'qituvchilari anjumani © Goethe-Institut

 

Nemis tili oʻqituvchilarining anjumani Tojikistonda har ikki yilda bir marta oʻtkaziladi. Mazkur tadbir Xorijdagi maktablar markaziy boshqarmasi (ZfA), Germaniya akademik almashinuv xizmati (DAAD) va Germaniyaning Dushanbedagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Konferensiyada Tojikiston Respublikasining turli nuqtalaridan kelgan nemis tili oʻqituvchilari oʻzlarining uslubiy va didaktik bilimlarini yangilashlari va kengaytirishlari mumkin boʻlgan turli innovatsion seminarlarni taklif etadi. Shu bilan birga, ular Tojikistonning turli hududlaridan kelgan hamkasblari bilan fikr almashish imkoniyatiga ega.

O‘zbekistondagi Gyote Instituti o‘rta maktablar, kasb-hunar maktablari va oliy o‘quv yurtlari, litsey va kollejlarda dars beradigan 100 ga yaqin tojikistonlik nemis tili o‘qituvchilariga anjumanga ishtirok etish imkoniyatini beradi.

O‘zbekistondagi Gyote Instituti anjuman doirasida maktablar, kasb-hunar maktablari, litsey va kollej va oliy o’quv yurtlarida dars beradigan o‘qituvchilarga nemis tilini chet tili sifatida o‘qitish sohasida malaka oshirish imkoniyatini taqdim etadi. O‘qituvchilar nafaqat metodik bilimlarini kengaytiradilar, balki chet tili o’qitishning zamonaviy metodikasini ham o‘zlashtiradilar.



 

Bizni kuzatib boring