Obuna
Kutubxona

Obuna va fond © Goethe-Institut Usbekistan

 


Kutubxonaga onlayn ro'yxatdan o'tish

Endilikda biz elektron kutubxona kartasini taqdim etamiz. U bizning yangi BibToGo kutubxona ilovamizga birlashtirilgan. Raqamli kutubxona kartasi yordamida siz xuddi plastik kutubxona kartasi bilan bo'lgani kabi, hatto oflayn bo'lganingizda ham kutubxonamizdan media vositalarini olishingiz mumkin.

Elektron kutubxona kartangizga bevosita BibToGo ilovasi orqali buyurtma bering.

Iltimos, diqqat qiling: Kitobni birinchi marta qarzga olishdan oldin BibToGo ilovasini oʻrnatishingiz, soʻngra kutubxonamiz xodimlarining xizmat paytida elektron kutubxona kartangizni ularning yordamida faollashtirishingiz kerak bo`ladi!

Agar siz BibToGo ilovasidan foydalanishni istamasangiz, bu yerda anʼanaviy kutubxona kartasiga buyurtma berishingiz mumkin:
Kutubxonadan onlayn ro'yxatdan o'tish

Kutubxona ish vaqti

Kutubxona 2021 yil 27 sentyabrdan boshlab quyidagi kunlar/soatlarda ochiq:

HAFTA KUNLARI KITOB OLISH VA QAYTARISH SOATLARI 
 
Kutubxona xodimi ish soatlari
Dushanba 09.00-20.00  10.00-12.00/ 15.00-17.00 
Seshanba 09.00-20.00  10.00-12.00/ 15.00-17.00 
Chorshanba 09.00-20.00  10.00-12.00/ 15.00-17.00 
Payshanba 09.00-20.00  10.00-12.00/ 15.00-17.00 
Juma 09.00-20.00  10.00-12.00/ 15.00-17.00 
Shanba 09.00-18.00 konsultatsiya o'tkazilmaydi 

E'tibor bering,  kutubxona xodimlarning ish soatlardan tashqari bo'lgan vaqatlarda faqat o'z-o'zini ro'yxatga olish stantsiyasi kutubxona foydalanuvchilari uchun xizmat ko'rsatadi, ya'ni kutubxonadan foydalanuvchilar  o'z kartalari bilan stantsiya yordamida kitobni olishlari, qaytarishlari va qaytarish vaqtini uzaytirishlari mumkin.  Boshqa ma'lumot va maslahatlar faqat kutubxona xodimlari ish soatlarida amalga oshiriladi.

Agar siz boshqa vaqtlarda maslahat olishni xohlasangiz, biz sizga kutubxona xodimi bilan individual uchrashuvni tashkillashtirishdan xursand bo'lamiz.  Bibliothek-Taschkent@goethe.de elektron pochtaga xabar yuboring.