CLIL & MINT CAMP 2022

CLILiG in Usbekistan © GettyImages

 

CLILiG - bu nima?
Afzalliklari qanday?
MINT fanlari asosida CLILiG darslarining asosiy shartlari va uslubiy asoslari qanday?

2022 yil 29.11.-04.12 kunlari Toshkent shahridagi mehmonxonada Goethe-Institut tomonidan o'tkazilgan "Tajribadan amaliyotga oid qiziqarli (Soft)CLILiG va MINT takliflari" o'quv seminarida "CLILiG"ni MINT (matematika, informatika, tabiiy fanlar va texnologiyalar) fanlari bo'yicha o'qitishning shart-qoidalari va uslubiy asoslari ko'rib chiqildi. Gibrid shaklida o‘tkazilgan seminar O'zbekistondagi maktab va universitetlarning nemis tili o'qituvchilari va fan o'qituvchilari uchun tashkil etildi. Tadbirda jami 24 nafar o'qituvchilar ishtirok etdilar: 12 nafar nemis tili o'qituvchilari va 12 nafar fan o'qituvchilari. Shuningdek, nemis tilidan tashqari matematika, informatika, biologiya, fizika va geografiya kabi fanlar ham namoyish etildi.

Die hybride Fortbildungsveranstaltung  © © Goethe-Institut Usbekistan Die hybride Fortbildungsveranstaltung © Goethe-Institut Usbekistan
Bu maktab va universitetda nemis tili darslari va MINT (matematika, informatika, fan va texnika) fanlariga asoslangan CLILiG (Nemis tili va fanlarni bog’lab o'rganish) darslarining joriy etilishi haqida edi. Bundan tashqari, "2021 yilning eski tandemlari" o'z loyihalarini taqdim etishdi va o'z tajribalari haqida gapirishdi.

Deutsch- und Fachlehrkräfte  © © Goethe-Institut Usbekistan Deutsch- und Fachlehrkräfte © Goethe-Institut Usbekistan
Oldingi seminarlarda 2021 yilda 10 ta tandem, so'ngra   esa 5 ta tandem onlayn seminarga qo'shildi. Seminar-treningdan avval ishtirokchilar o'z ta'lim muassasalarida loyihani amalga oshirishdagi faolligi uchun seminar rahbarlari Bernadett Veress va Dilfuza Yusupova hamda Goethe-Institutning loyiha tashkilotchilari tomonidan baholandi. Baʼzi tandemlar faol ishlamaganligi tufayli bu loyihadan chetlashtirildi. Bu safar eski, eski yangi va butunlay yangi tandemlar uchrashib, tajriba almashdi, shuningdek, maktabda keyingi MINT loyihalari uchun yangi g'oyalar oldi.


Entwicklung und Planung eines eigenen CLILiG-Unterrichts  © © Goethe-Institut Usbekistan Entwicklung und Planung eines eigenen CLILiG-Unterrichts © Goethe-Institut Usbekistan
CLILiG eksperti Bernadett Veress va mahalliy ekspert Dilfuza Yusupova boshchiligida ishtirokchilar bir hafta ichida sohadagi muhim terminologiyalarni o’rganishga muvaffaq bo'ldilar. Seminarning birinchi kunida CLIL va CLILiG, DaF va DFU, Soft va Hard-CLIL, BICS va CALPS kabi terminlar ko'rib chiqildi. So'ngra DaF treningining metodologik va didaktik prinsiplari, CLILiG ning didaktik prinsiplari muhokama qilindi, asoslandi va o'rganildi. Keyingi kunlarda ishtirokchilarga tuz, suv, ovqat kabi mavzular yordamida turli usullar o'rgatildi. O’rganish davrida ishtirokchilar yangi dars loyihasini namoyish etish va ularni tahlil qilish uslublarini ham o’rganishdi. Keyinchalik, ishtirokchilar “Die digitale kinder-Uni, “Junior-Uni” Lingo jurnali, Deutsche Welle va boshqalar materiallaridan foydalanishlari mumkin bo'lgan uslubiy fond taqdim etildi.

Ushbu seminarning o'ziga xos xususiyati o'rganilgan narsalar asosida o'z CLILiG dars loyihasini ishlab chiqish va rejalashtirish edi. Bundan tashqari, ushbu loyihaning muhimligi shundan iboratki, ishtirokchilar yil bo'yi Goethe-Institutiningt o'quv platformasida va Telegramm guruhda tajriba almashish va savollarga javob topishga muvaffaq bo'ldilar.                                      
 
  • TeilnehmerInnen  des Fortbildungsseminars 4 © Goethe-Institut Usbekistan

  • TeilnehmerInnen  des Fortbildungsseminars © Goethe-Institut Usbekistan

  • TeilnehmerInnen  des Fortbildungsseminars 2 © Goethe-Institut Usbekistan

  • TeilnehmerInnen  des Fortbildungsseminars 3 © Goethe-Institut Usbekistan