Cheksiz kutubxona

Die unendliche Bibliothek VR-Installation: © Goethe-Institut / Max Mueller Bhavan

Cheksiz kutubxona - bu Hindistondagi Gyote-Instituti/Maks Myuller Bxavan tomonidan yaratilgan VR-installyatsiya bo'lib, u kutubxonalarning kelajagini interfaol makon sifatida tasavvur qilish imkonini beradi. U virtual reallik va boshqa media elementlarini o‘zida mujassamlashtirgan installyatsiya bo’lib, kutubxonalarni hikoya elementlarini o’z ichiga olgan interfaol olam shaklida namoyon qiladi. VR-loyiha insoniyat tarixini, sayyoramizning tug'ilishi va barcha hayot shakllarining evolyutsiyasi haqidagi ma’lumotlarni hikoya shaklida yetkazishni o’ziga maqsad qilgan.

Ushbu loyihada kutubxona tashrif buyuruvchilarga tirik organizm sifatida taqdim etiladi. U barchani o’zining bilimlar hazinasi bilan tanishtiradi va yangi bilimlarni egallashga undayid.

VR-installatsiya QR-kod shaklidagi oʻyin, gologrammalar, 3D-obyektlar, audiovizual matnlar va eng asosiysi – virtual makon shaklidagi kutubxonani oʻz ichiga oladi. Unga kirish o’zida oy nurini aks ettiruvchi suv havzalari boʻlgan gʻorda joylashgan. Ushbu virtual makon ichida uchta bo‘lim mavjud bo’lib, ular Polineziya navigatsiyasi, Janubiy Hindiston qo'g'irchoqbozlik an'analari va Yevropa alkimyosining bilimlar tizimlariga bag'ishlangandir.

Installyatsiya elementlari

Virtual reallik

Virtual reallik HTC Vive va Oculus Quest uchun: oy manzaralari va Polineziya navigatsiyasining "haqiqiy olami"ni, hind soyalar teatri va Yevropa alkimyosini o’zingiz uchun kashf eting.

Proyeksiyalar

Tashrif buyuruvchilar QR kodlar yordamida kutubxona tarixi haqida ko‘proq ma’lumot olishlari mumkin.

Skulpturalar

Installyatsiyaning bir qismi virtual reallikda ko'rish mumkin bo'lgan 3D-obyektlarni o'z ichiga oladi.

QR kodlari bilan o'yin

Cheksiz kutubxona o'z tashrif buyuruvchilari bilan QR-kod o'yini orqali muloqot qiladi va shu tariqa o'z makonlari haqida ko'proq ma'lumotni ochib beradi.

Bu Sizni qiziqtirishi mumkin

Bizni kuzatib boring