NEMIS TILI VA ANIQ FANLAR O’QITUVCHILARI UCHUN BIRINCHI TANDEM – MAHORAT DARSLARI
Nemis tili va boshqa darslarda tadqiqiy bilim olishni amalga oshirish
Ko’plab PASCH-maktablari o’quv dasturida o’z e’tiborlarini aniq fanlarga allaqachon qaratib bo’ldilar. 2019/20 o’quv yili boshlanishidan oldin PASCH-o’qituvchilari o’zlarining aniq fanlar bo’yicha hamkasblari bilan tandemlar (almashish uchun ikki kishilik guruhlar) tuzib, hammalari birgalikda Toshkentga 5 kunlik mahorat darslariga keldilar.Nafaqat fan o’qituvchilari, balki nemis tili murabbiylari ham darsda tajribalar o’tkazish, kodlashtirish, dasturlash asoslari kabi innovatsion o’quv ko’nikmalari bilan tanishdilar. So’ng esa ular quyidagi dasturlar bilan ishlab ko’rdilar: SURFER – polinomlarning uch dimensiyali vizualizatsiyasini ta‘minlay oladigan dastur, SINDERELLA – geometriya, massa va quvvat sohalarida simulatsiyani amalga oshiradigan dastur hamda MAPPAE MUNDI – sferik geometriya uchun mo’ljallangan dastur.
Foto: Privat
CALLIOPE MINI va bolalar universitetini darslarda tadbiq qilish imkoniyatlarini birinchi marotaba bu sohada tajribasi bor nemis tili o’qituvchilari bilan bir qatorda bu safar fan o’qituvchilari ham qo’llab ko’rdilar. Barcha dasturlarni fan o’qituvchilari boshida ularga tadqiqiy bilim olish mavzusi begona bo’lgani va bu ularda biroz ishonchsizlik keltirganiga qaramasdan yaxshi qabul qildilar. Shuningdek, nemis tili o’qituvchilari ham o’z hamkasblarining bilimlaridan foydalanib, aniq fanlarni tandemda o’rgatishni juda yaxshi g’oya deb topdilar.