YOZGI MAKTAB

Sommerschule
© privat

BIRGALIKDA DUNYONI MUSTAHKAM RAVISHDA O‘ZGARTIRISH
15-sonli Fit-maktab o’quvchilari ZfA-maktablaridagi o’quvchilar bilan 2019-yilning iyun oyi oxirida Xo’jand shahrida bir haftalik yozgi maktab doirasida ko’rishdilar.
Joriy yilda yozgi maktab atrof-muhitning muhofazasiga bag’ishlandi. Kulturweit-ko’ngillilari bilan birgalikda o’quvchilar mahalliy miqyosda atrof-muhit uchun nima qilishlari mumkinligi, shahar aholisi nimalar bilan to’qnashishi hamda o’quvchilar o‘z hamyurtlarining zararli odatlariga samarali ta’sir ko‘rsatishlari haqida muzokara qildilar.

O’RTA OSIYODA YANGI IMKONIYATLAR
O’quvchilar loyihaning rejasini ishlab chiqishlari ko’p vaqt talab qilmadi. Bu g’oya nafaqat oddiy, balki ajoyib ham edi. „Biz dunyoni qutqaramiz“ shiori ostida o’quvchilar bozorlik uchun mo’ljallangan matodan tikilgan sumkalarni ishlab chiqardilar va ularni shaharda tarqatdilar. Ko’plab supermarketlar hali-hanuz mahsulotlarni plastik paketlarga solib beradi. Biz bir yilda bu tarzda qancha plastik chiqindi kelib chiqishini, afsuski, hisoblay olmadik. Ammo shu narsa aniqki, har bir plastik paket ortiqcha.
 

Verteilaktion der Stoffeinkaufstüten
Shahar ichida matodan tikilgan sumkalar tarqatish aksiyasi yordamida o’quvchilar o’z yurtdoshlarini bozorlikni atrof-muhitga bo’lgan ta’sirni inobatga olib ham amalga oshirishga chaqirdilar. Keyingi hamkorlikdagi aksiya ham o’ylab qo’yilgan. O’quvchilar o’z shaharlarini obodonlashtirib, ko’plab yangi daraxt ko’chatlarini ekib, bu bilan birga shaharning ko’rinishini tubdan o’zgartirmoqchilar.