O'zbekistonda 101 kecha

Assalomu alaykum, mening ismim Lena, men Berlin Erkin universitetida «Boshlang'ich maktablarda pedagogika» fakultetida o'qiyman va 2023 yilning sentyabridan dekabrigacha O'zbekistonda jami 101 kecha o'tkazdim. SCHULWÄRTS dasturi orqali Urganch shahrida chet el amaliyotini tamomladim. Mening sarguzashtlarim O'zbekistonda boshlangishi lozim edi, tan olishim kerakki, bu mamlakat haqida bir yil avval men unchalik ko'p tasavvurga ega bo'lmaganman, shuning uchun amaliyotga umidsizlik bilan yondashdim. Safarimdan keyin aytishim mumkinki, natijalar men kutganimdan ham a‘lo bo‘ldi.

Sayohatimning eng diqqatga sazovor joyi qoraqalpoq gidi hamrohligida Orol dengiziga bo‘lgan sayohat bo‘ldi. Dasht cho‘li, Mo‘ynoqdagi kemalar qabristonini kesib o‘tib, jip yordamida Orol dengiziga yetib bordik. Biz ovullarda uxladik va an'anaviy taomlar bilan taomlandik.
To'rt oy ko‘z ochib-yumguncha o‘tib ketdi va men tanishgan barcha o‘quvchilar, o'qituvchilar va talabalar bilan xayrlashish og‘ir edi, men uchun qo'shiqlar, raqslar va maktablar bilan bayram kechasi tayyorlandi. Shunday qilib, men Germaniyaga bir qancha sovg'alar, undan ham ko'proq taassurotlar va 20 kg ortiqcha yuk bilan qaytdim.

Men shunday qimmatli tajribaga ega bo'lganimdan juda minnatdorman va har kimga mehmondo'st, tarixiy O'zbekistonga amaliyot o‘tashga yoki sayohat qilishga borishlarini tavsiya qila olaman.