Xalqaro nemis tili olimpiadasi 2022

GIF zur internationalen Deutscholympiade IDO 2022 in Hamburg mit dem Schriftzug "Dabei sein" und grafischen Elementen, die Wahrzeichen der Stadt Hamburg zeigen, darunter die Elbphilharmonie. © Goethe-Institut

Xalqaro nemis tili olimpiadasi (IDO) nemis tili boʻyicha dunyodagi eng yirik bilimlar bellashuvi hisoblanadi. Bu yilgi xalqaro olimpiada joriy yilning 25.07.- 5.08. kunlari  “ISHTIROK ET! Va Gamburgda biz bilan birga bo’l“ shiori ostida bo’lib o‘tadi. Final bosqichida ishtirok etish uchun 70 ta davlatdan 140 ga yaqin maktab o‘quvchilari Gamburg shahriga tashrif buyuradilar.



Mazkur musobaqa dunyo bo'ylab maktablarda nemis tilini o’rganayotgan 13 millionga yaqin o’quvchilarni bellashuvga chorlaydi. 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 140 dan ortiq nemis tili o‘rganuvchilar 70 dan ortiq  ishtirokchi-mamlakatlarda dastlab milliy saralash bosqichida qatnashadilar va yuqori natijalarni qo’lga kiritgan o‘quvchilar 2022 yilning yozida xalqaro nemis tili olimpiadasi tomon Gamburgga yo‘l oladilar. Shuningdek o’quvchilarga hamrohlik qiluvchi faol o'qituvchilar uchun Gamburgda olimpiada doirasida didaktik va uslubiy mavzular bo'yicha seminarlar tashkil etiladi.

Olimpiada ishtirokchilari mamlakat doirasida bo'lib o’tadigan bilimlar bellashuvida g’olib sifatida aniqlanganidan so‘ng Germaniyada bo’lib o’tadigan final bosqichida o'z mamlakatlari sharafini himoya qiladilar. Unda milliy saralash bosqichlarining g‘oliblari uch xil til bilish darajalari bo‘yicha  1-, 2- va 3-o‘rinlar uchun bellashadilar. Bu yerda nafaqat til bilimlari, balki madaniyatlararo kompetensiya va xalqaro guruhlarda ishlay olish qobiliyati ham talab qilinadi. Ishtirokchilarning alohida shakldagi va jamoaviy natijalari xalqaro hakamlar hay'ati tomonidan baholanadi.
 
Shuningdek, final uchrashuvda bu safar ham ishtirokchilarni qiziqarli va rang-barang dasturlar, yoshlar, kompaniyalar, san’at va madaniyat arboblari, ijodkorlar bilan har xil uchrashuvlar kutmoqda. IDO 2022-  Xalqaro nemis tili olimpiadasi Gyote-Instituti tomonidan IDV-Xalqaro nemis tili o‘qituvchilari assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.