Nemis tili o’qituvchilarining mobil anjumani Buxoroda

Nemis tili o’qituvchilarining mobil anjumani Buxoroda © Goethe-Institut Usbekistan

 

2023 yil 16-17 may kunlari Buxoro shahrida nemis tili o'qituvchilarining navbatdagi oltinchi mobil anjumani bo'lib o'tadi. Anjumanda ishtirok etish uchun Buxoro viloyatining nemis tili o’qituvchilari taklif etiladi.

Ikki kun davomida Siz o'z bilimlaringizni yangilash va kengaytirish, viloyatdagi hamkasblaringiz bilan fikr almashish, maktablarda nemis tilini o'rganish jarayonida Gyote-Institutining ta'lim loyihalaridan foydalanish uslublari va Gyote-Institutining malaka oshirish kurslari to'g'risida ma'lumot olish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Anjuman doirasidagi seminarlar va mahorat darslari quyidagi mavzularga bag'ishlanadi: "C1-Prüfungsvorbereitung", "Vorteile des Onlinelernens: die Online-Kurse von GI", "Deutsch als Berufssprache", "Deutschlandcollage im DaF-Unterricht" va boshqalar.

Anjuman Nemis akademik almashuv xizmati (DAAD) va Germaniyaning O'zbekistondagi elchihonasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

O’zbekistondagi Gyote-Instituti Buxoro viloyatidagi umumiy o’rta ta’lim maktablarida, Akademik litsey va Kasb hunar kolledjida faoliyat yuritayotgan nemis tili o’qituvchilarini ushbu anjumanda ishtirok etish uchun taklif etadi.

Ishtirok etish uchun ilovadagi arizani to’ldirib 01.05.2023 gacha ko’rsatilgan manzilga jo’natishingizni so’raymiz.