"Nemis tili super kuch" chempionatiga xush kelibsiz!

Singleton Neu © Goethe-Institut

Hurmatli nemis tili o'qituvchilari!

Keyingi besh hafta ichida – 24.10 dan 28.11.2022 gacha - "Superkraft Deutsch" yordamida o'quvchilaringizga nemis tilini o'rganishda yordam bera olasiz. Ushbu ilova sizning o'quvchilaringiz uchun qiziqarli, lekin shu bilan birga mashaqqatli mini-topshiriqlarni taqdim etadi. Beshta super kuch mavzularda (ta'm, kashfiyot, musiqa, texnologiya va ijodkorlik) o'quvchilar jamoalarda o'zlarini sinab ko'rish, fikr yuritish, o'yinlar o'ynash va yangi narsalarni o'rganish imkoniyatlarini qo'lga kiritishadi. 

Ro'yxatdan o'tish

O'quvchilaringiz smartfonlariga „Superkraft Deutsch“ ilovasini o’rnatib olishlari so'raladi:
für iPhone
für Android

Chempionatda qatnashish uchun ro'yxatdan o'tgan nemis tili o'qituvchilarining har biri bizdan elektron pochta orqali beshta kirish kodini olishadi. Kirish kodi etakchi o'qituvchi uchun, ya'ni Siz uchun beriladi. Bu Sizga o'quvchilar faoliyatini „Timline“da, yani vaqt jadvalida va jamoalarda kuzatish imkonini beradi.  

Qolgan to'rtta kod to'rtta jamoa uchun ko'zlangan. Siz ushbu kodlarni sinfdagi o'quvchilar o'rtasida taqsimlashingiz mumkin, shunda taxminan to'rtta teng kattalikdagi jamoalar tuzasiz. Biz sizlarga 5-20 ishtirokchidan iborat jamoalar tuzilishini tavsiya qilamiz.

O'quvchilaringizga tegishli kodni bering - ular ilovani ochgandan keyin mazkur kodni kiritishlari kerak. Ilovada shaxsiy ma'lumotlardan foydalanilmaydi. Barcha o'quvchilar va o'qituvchi ro'yxatdan o'tgandan so'ng, Siz Chempionatni boshlashingiz mumkin. 

Agar siz o‘quvchilaringiz bilan chempionat o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, 17-oktabr kuni soat 18:00 da yoki 18-oktabr kuni soat 16:00 da Zoom orqali ishtirok etishingiz kerak bo‘ladi.
O'zingizga mos keladigan uchrashuvga ro'yxatdan o'ting.

O'tkazilish tartibi

Keyingi besh hafta ichida o'quvchilar ko'p ball (Sings)  to'plash uchun o'z jamoalarida iloji  boricha ko'proq karta o'ynashga harakat  qilishadi:

24.10.-28.10. – Chempionatning birinchi haftasi
31.10.-04.11. – Chempionatning ikkinchi haftasi
07.11.-11.11. – Chempionatning uchinchi haftasi
14.11.-18.11. – Chempionatning to'rtinchi haftasi
21.11.-25.11. – Chempionatning beshinchi haftasi

"Superkraft Deutsch" va Sizning nemis tili darslaringiz
"Superkraft Deutsch"ni darsga kiritish imkoniyatlarini alohida o'zingiz ko'rib chiqishingiz mumkin. Masalan, dars tugashiga 10 daqiqa qolganda siz o'quvchilaringiz bilan ilovada nimani o'rganganlarini muhokama qilishingiz mumkin.

 

Nemis tili super kuch © Goethe-Institut / gamelab.berlin

O'quvchilar jamoasi

Jamoalar o'rtasida almashinuvni qo'llab-quvvatlashtirish uchun Siz ishtirok etayotgan o'quvchilaringizni Instagramdagi Super kuch-aksiyasida ishtirok etishga taklif qilamiz.

Buning uchun ular Instagram ijtimoiy tarmog'ida jamoa nomidan e'lon chiqarishlari kerak. E'londa ular o'zlari yoqtirgan vazifani (va uning natijasini) yoki o'sha hafta ilova orqali o'rgangan eng qiziqarli ma'lumotni fotosurat shaklida taqdim etishlari, #superkraftusb xeshtegini ko'rsatib, @goetheinstitut_usbekistan Gyote-Institut akkauntini belgilashlari lozim.

Butun chempionat davomida har dushanba kuni barcha postlar orasida Gyote-Institutining esdalik sovg'alari o'ynaladi. G‘olib jamoa Gyote-Institutining Instagram sahifasida e’lon qilinadi va sovrinlar Gyote-Instituti tomonidan ta’lim muassasasi manziliga pochta orqali yuboriladi. 

​​​​​​​Shunday qilib, jamoalaringizning bunyodkorlik ishlari dunyoda "yo'qolib ketmaydi"!

Imkoniyat va xohishingiz bo'lsa, siz talabalarga nashrlarni tayyorlashda yordam berishingiz mumkin.
 

O'QUVCHILAR JAMOASI 2021 MISOL

 

Natijalar

Jamoalaringiz orasida eng ko'p haftalik topshiriqlarni bajargan jamoa g'alaba qozonadi. Buni yetakchi oʻqituvchi kirish kodidan foydalanib koʻrishingiz mumkin.

O'yin bosqichi oxirida - 25-noyabrdan keyin - Siz eng yaxshi jamoaga va alohida yutuqlarga ega bo'lgan o'quvchilarga sovg'alar berishingiz mumkin.

Gyote-Instituti Sizga mukofot uchun kichik sovg'alarni yuboradi.

O'quvchilari chempionatda faol ishtirok etgan barcha o'qituvchilarga ism-sharifi ko'rsatilgan sertifikat va o'quvchilar uchun elektron shaklda diplom nusxalari beriladi. 

Savollar

Agar Sizda savol bo'lsa, ishtirokchi o'qituvchilar uchun chat orqali biz bilan bog'lanishingiz mumkin.

Agar Siz boshlang'ich tadbirda qatnashgan bo'lsangiz, kodlar bilan birga chatga havolani ham olasiz.