Siz atrof-muhitga befarq emasmisiz va shu sohada volontyor bo'lish imkoniyatlarini qidiryapsizmi?
Unday holda Siz to'g'ri joyga keldingiz.
O'zbekistondagi Gyote-Instituti volontyori sifatida ro'yxatdan o'ting va bizning "yashil" jamoamizning bir qismi bo'ling.
Faoliyat turlari:
- Ekologik loyihalar;
- Sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish;
- Madaniy tadbirlarni tashkil etishda yordam berish;
- Ta'lim bo'yicha loyihalar;
- Ijtimoiy faoliyat/harakatni qo'llab-quvvatlash.
Qanday qilib jamoamizning bir qismi bo'lish mumkin?
Bu oddiy! Ariza shaklini
ushbu havola orqali topishingiz mumkin.
Haftada zarur bo’ladigan vaqt: bir soatdan ikki soatgacha.
Volontyor bo’lish uchun yosh talabi: 16+