Seminar onlayn formatda
She'riy tarjimaga bag'ishlangan tarjimonlar seminari

Tarjimonlar seminari
© Foto Goethe-Institut

Tarjimon va shoira Hafiza Qo’chqorova boshchiligidagi tarjimonlar seminari nemis shoiri va Byuchner adabiy mukofoti sovrindori Yan Vagner she’rlari tarjimasiga bag’ishlanadi.

Seminar Gyote-Institut tomonidan she'riy tarjima bilan shug'ullanuvchi tarjimonlarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tashkillashtirilmoqda. Tarjimonlar she'riy tarjima masalalari bo'yicha yangi Telegram formatida olti kun mobaynida fikr almashadilar.

Seminar materiallari asosini Yan Vagnerning uning o'zi tomonidan tanlagan o'nta she'r tashkil etib, bu she'rlar ishtirokchilar tomonidan oldindan nemis tilidan o'zbek tiliga tarjima qilinadi.


 

Batafsil

Til: Nemis va o'zbek tilida
Narxi: Taklifnoma orqali.

+ 998 78 1401470 Gulnoz.Nabieva@goethe.de