Anjuman
O’zbekistondagi nemis tili o’qituvchilarining mobil anjumani

Mobile Deutschlehrertage in Fergana
© canva

2020 yilning 13-14 mart kunlari O’zbekistondagi nemis tili o’qituvchilarining 1- mobil anjumani bo’lib o’tadi. Anjumanda Andijon, Namangan va Farg’ona viloyati nemis tili o’qituvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Biz Sizga bir qancha qiziqarli mahorat darslari va seminarlarni taqdim etamiz. Siz ularda ishtirok etib, o’zingizning bilim, malaka va ko’nikmalaringizni yangilash va kengaytirish, shu bilan birga Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatidagi o’z hamkasblaringiz bilan tajriba almashish imkoniga ega bo’lasiz.

Anjuman Nemis akademik almashuv xizmati (DAAD) va Germaniyaning O'zbekistondagi elchihonasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Toshkentdagi Gyote-Instituti umumiy o’rta ta’lim maktablarida, Akademik litsey va Kasb hunar kolledjida faoliyat yuritayotgan nemis tili o’qituvchilarini ushbu anjumanda ishtirok etish uchun taklif qiladi.

Ishtirok etish uchun ilovadagi formulyarni to’ldirib 01.03.2020 gacha saytda ko’rsatilgan manzilga jo’natishingizni so’raymiz.
 

Batafsil

Til: Nemis va o'zbek tilida
Narxi: Faqat taklifnoma bilan

+ 998 78 1401470 dilorom.ismatillaeva@goethe.de

Farg’ona Davlat universiteti binosida