Butunjahon kitoblar kuniga bag´ishlangan tadbir
Butun jahon kitob kunini Gyote-Institutida nishonlaymiz!

Butunjahon kitoblar kuniga bag´ishlangan tadbir
 

Farzandingizni kitob o´qishga bo´lgan qiziqishini oshirmoqchimisiz? Unda biz sizlarni Gyote Instituti kutubxonasida Butun jahon kitoblar kunini birga nishonlashga taklif qilamiz!
 
Tadbirimizda bolajonlar mahorat darslarida kitobchalar yasash, guruhlararo musobaqalarda qatnashish va sovg´alar yutib olish kabi imkoniyatlarga ega bo´ladilar. Shuningdek, har bir bola sovg´a sifatida kitoblarga ega bo´ladi. 
Tadbir 22-aprel kuni, soat 16.00 da Toshkentdagi Gyote instituti kutubxonasida, 8-10 yoshdagi bolalar uchun bo´lib o´tadi.

 

Batafsil

Til: Nemis, o'zbek va rus tillarida
Narxi: Ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’tish quyidagi raqam orqali: +998781401485

Nargiza.Irgasheva@goethe.de

Toshkentdagi Goethe Institutining multifunktsional kutubxonasi