Ayollar

LenaLove
© Filmfestival Schlingel / Filmproduktion

„Ayollar“ bo‘limida ayollarning shaxsiy rivojlanishidagi muhim bosqichlarni mavzu qilib olgan filmlar mavjud. Ular hozirgi tendensiyalar va shov-shuvli fosh qilishlarga mexanik ravishda e’tibor qaratmaydi. Agar ular xronologik tartibda joylashtirilsa, unda har bir bosqich haqiqatga mos va tanisa bo‘ladigan tarzda tasvirlangan taxminiy ayolning hayot davri namoyon bo‘ladi. Rejissyorlar o‘zlarining qahramonlariga diqqat bilan nazar solishgan, nimrangliklar, nozik farqlar va qayg‘uli voqealar haqida hikoya qilishgan.

Ushbu bo‘limda erkak va ayol nuqtai nazarlari, rassomlarning arxiv xronikasi va yon-atrofimizdagi tanish qizga ham taalluqli bo‘lishi mumkin bo‘lgan hujjatli voqealar mavjud. Bular inqirozli vaziyatlar, hayotiy burilishlar bosqichlari va odatda o‘z yoshini yangidan anglash orqali yuzaga keladigan o‘zgarishlar haqidagi filmlardir. Zero, o‘z qarindosh-urug‘iga kichik masofadan turib hujjatli film orqali nazar tashlash bo‘ladimi yoki o‘z shaxsiyatini saqlab qolish yo‘lidagi urinishlar haqida qiziqarli triller bo‘ladimi – qahramonlar o‘zlarining hissiy qiyin holatidan chiqish yo‘llarini topishadi. Batafsil rus tilida... 

Family Business

Eva Hesse

Die mit dem Bauch tanzen

Im Alter von Ellen

Lenalove

Louisa

Oma & Bella

Tiger Girl

Vergiss mein Ich