Mamlakatshunoslik

Frankfurter Skyline
© Anna Sukhova

„Mamlakatshunoslik“ bo‘limida namoyish etiladigan filmlar ko‘pchilik uchun faqat o‘z pivosi, sosiskasi va futboli bilan taniqli bo‘lgan Germaniyani boshqa tomondan ko‘rsatadi. Germaniyaning ajoyib tabiati, dengizi va dalalari haqidagi ikkita hikoya mamlakatning cheksiz kengliklarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish va dengiz qirg‘og‘ida uning tuzli havosidan nafas olish istagini uyg‘otib yuboradi. Yana bir hujjatli film mamlakat tarixining butun bosqichlarini o‘zida mujassam qilgan yahudiylar qabristoni haqida hikoya qiladi.

Bir qarashda „Different Bayern“ filmi yuqorida aytilgan mavzu yo‘nalishidan chetga chiqadigandek. Lekin aynan shu filmga odamlar futbol uchun yashaydigan tipik Germaniyani ko‘rsatish va bir vaqtning o‘zida eng o‘tkir muammolardan biri sanaladigan ijtimoiy-madaniy integratsiya muammosini ko‘rsatib berish bo‘yicha tantanali rol berilgan. Bu yerda keltirilgan filmlar tomoshabinlarda yangi, turizm mavzusidan yiroq Germaniyani o‘zi uchun kashf etish istagini uyg‘otish bo‘yicha o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani uddalaydi. Batafsil rus tilida...

Different Bayern

Im Himmel. Unter der Erde

Landstück

Usedom – Der freie Blick aufs Meer