2022

Raqamli texnologiyalar davrida nemis tilini o'qitish 2022 © Goethe-Institut Usbekistan

Oʼzbekistondagi Gyote-Instituti 2022 yil 13-14 oktabr kunlari «Rаqаmli texnologiyalаr dаvridа nemis tilini oʼqitish» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjuman oʼtkazishni rejalashtirmoqda.

 

Аnjuman nemis tilini xorijiy til sifatida oʼqitish sohasidagi dolzarb ilmiy mavzular, hususan, yangi oʼquv dasturlari, yangi darsliklar, oʼquv uslubiy ishlanmalar yaratish jarayoni, nemis tili oʼquv mashgʼulotlarida raqamli texnologiyalardan foydalanish, nemis tilini onlayn oʼrganish, nemis tili oʼqituvchilari uchun onlayn va oflayn malaka oshirish kurslari, til bilish kompetentsiyasini sinovdan oʼtkazishning onlayn va anʼanaviy uslublari kabi mavzular muhokamasiga bagʼishlangan boʼlib, nafaqat ushbu sohadagi tajribali ustozlar, olimlar, balki bu borada ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh mutaxassislar uchun ham oʼz ilmiy izlanishlarini taqdim etish, Germaniyalik yetuk mutaxassislar bilan muxokama qilish uchun munosib munozara maydonidir.

Anjumаnning mаqsаdi: taʼlim sohasi, hususan, xorijiy tillarini oʼqitish sohasidagi innovatsion texnologiyalar, yangi oʼquv-uslubiy va texnik imkoniyatlar, zamonaviy pedagogika muammolari va dolzarb masalalari yuzasidan ilmiy fikr-mulohazalar almashishdan iborat. Аnjuman taʼlimning barcha bosqichlarida nemis tilini oʼqitish jarayoniga raqamli texnologiyalar sohasidagi ilgʼor xorijiy va milliy tajribani joriy etish natijalarini taqdim etishni oʼz ichiga oladi.
Anjumаnning ishchi tillаri: nemis, oʼzbek tillari (ma’ruzalar sinxron tarzda oʼzbek tiliga tarjima qilinadi)

Anjumаnning аsosiy yoʼnаlishlаri:

  • Nemis tili boʼyicha pedagog kadrlarni malakasini oshirishda raqamli tizim.
  • Nemis tilini raqamli texnologiyalar yordamida oʼrganishning afzalliklari.
  • Kasbga yoʼnaltirilgan taʼlimda nemis tili.
  • CLIL/MINT va nemis tili darslari
Nemis tilidan kompetentsiyalarni sinovdan oʼtkazish uslublari: anʼanaviy va raqamlashtirilgan sinov turlari.
Mazkur ilmiy-amaliy anjuman 2 kun davomida Zoom platformasi yordamida oʼtkaziladi. Ishtirokchilarga onlayn anjumanga ulanish uchun havolalar yuboriladi.  

Аnjumanning 1–kuni 13.10.2022y. -  Respublika vazirlik va boshqa muassasalar mutasaddi xodimlari, xalqaro tashkilot va oʼquv markazlari vakillari, xalqaro ekspertlar, soha mutaxassislari, uzluksiz taʼlim tizimining barcha bosqichlarida faoliyat olib borayotgan professor - oʼqituvchilar ishtirokida onlayn yalpi yigʼilish oʼtkaziladi.

2–kuni 14.10.2022y. - esa alohida shoʼba yigʼilishlarida anjumanning asosiy yoʼnalishlari boʼyicha Yevropa, Oʼzbekiston va boshqa davlatlar mutaxassis va referentlarining ilmiy maʼruzalari tinglanadi, bahs-munozaralar tashkil etiladi.

Аnjumanning yalpi yigʼilishi Oʼzbekistondagi Gyote Instituti binosida tashkil etiladi va ijtimoiy tarmoqlarda toʼgʼridan-toʼgʼri (stream shaklida) yoritib boriladi.

Аnjumanga kelib tushgan ilmiy maʼruzalar, tezislar, dastur, press-reliz, anjumanning yozib olingan video shakli va boshqa barcha materiallar www.dafdigital.uz  sahifasiga joylashtiriladi. Munosabat, izoh, savol-javob, fikr-mulohazalar har bir maqola ostidagi maxsus bandda davom etadi.