Professor Hermann Funk 2011-2014 yillarda Fridrix Shiller nomidagi Yena universiteti Falsafa fakulteti dekani lavozimida faoliyat olib borgan, bugungi kunda esa ushbu oliygoh senati a’zosi, nemis tili xorijiy va ikkinchi til til sifatida, hamda, madaniyatlararo tadqiqotlar instituti professori lavozimida faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari, 2009-2011 yillarda u zamonaviy chet tillari assotsiatsiyasining prezidenti, 1996-2008 yillarda Gyote-Instituti ekspertlar kengashining a'zosi, 2016 yildan esa Deutsche Welle ekspertlar kengashi va nemis tili chet tili sifatida assotsiatsiyasi a'zosi. 2011-2019 yillarda professor Funk Yenadagi darslik materiallarini tadqiq etish va ishlab chiqish markazini (ALM) boshqargan.
Uning tadqiqotlari umumiy didaktika va metodikaga, o'quv materiallarini tadqiq qilish va rivojlantirishga, shuningdek, kasbga oid chet tillarini o'qitishga qaratilgan.
Prof. Dr. Hermann Funkning quyidagi kitoblari Cornelsen nashriyotida chop etilgan:
• Deutsch als Fremdsprache – Lernerautonomie und Fremdsprachenunterricht
• Deutsch als Fremdsprache – Schnittstellen: Lehrwerke zwischen alten und neuen Medien
• eurolingua Deutsch, eurolingua Deutsch neu
• studio d, studio 21