Fototanlov
Ilm-fanni ko‘rsat!

Ilm-fanni ko‘rsat!
© Pixabay

Online
Toshkent politexnika muzeyi

Siz suratga olishni yoqtirasizmi va atrofingizdagi dunyoni kamera ob'ektivi orqali yangi nuqtai nazardan ko'rishni xohlaysizmi?
Biz „Koinot. Inson. Aql-idrok.“ ko'rgazmasi doirasida  “Ilm fanni ko‘rsat!” mavzusidagi fototanlovni e’lon qilamiz va barcha yosh, ijodkor havaskor fotograflarni ishtirok etishga chorlaymiz. O’z fotosuratlaringda ilm – fanning qaysi yo’nalishida insoniyat muvaffaqiyatlarga erishganini, insonlarning kundalik hayot tarzida ilm – fan yutuqlarining o’rni, yoki qaysi sohada ilm-fan yutuqlaridan foydalanish ijobiy natijalar keltirishi mumkinligini ko’rsat! Atrofingda, kundalik hayotingdagi ilm-fan qaxramonlarini, ularning yutuqlarini, kashfiyotlarini  ko‘rsat! Ilm – fan taraqqiyoti har bir sohada, har bir inson hayotida. Uni faqat ko’ra olish kerak! 

Ishtirok etish shartlari:

  • Suratni 19.04. dan -  15.05.2022, soat 23:59 gacha topshirish mumkin;
  • Tanlovda 12 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan havaskor fotograflari ishtirok etishi mumkin;
  • Elektron xatda quyidagi ma'lumotlar bo'lishi shart: ism, yosh, elektron pochta, telefon raqami;
  • Shaxsiy ma'lumotlar ko'rsatilgan fotosurat wettbewerb-taschkent@goethe.de manziliga yuborilishi kerak;
  • Fotosuratga bo'lgan huquqlar fotografga tegishli bo'lishi va boshqa shaxsiy huquqlar, uy-joy huquqlari yoki sanoat mulki huquqlarini buzmasligi kerak;
  • Rasmlar yuborilgandan so'ng, ularga bo’lgan huquqlar keyingi marketing uchun Gyote-Institutiga o'tkaziladi;
  • Fotosurat katta formatda chop etilishi uchun imkon qadar yuqori aniqlikda va sifatli bo‘lishi kerak;
  • Fotosurat hajmi 5 MB dan oshmasligi kerak;
  • E'tibor bering, tanlov shartlariga to'g'ri kelmaydigan fotosuratlar ko'rib chiqilmaydi.
Musobaqa jarayoni
Eng yaxshi 12 ta rasm taqvimda chop etiladi, tegishli fotosuratchilar ularni bepul olishadi.
Eng yaxshi uchlik  "Koinot. Inson. Aql idrok. (UMI)" ko‘rgazmasida 2022 yil 19-maydan - 2022 yil 19-iyungacha namoyish etiladi va tashrif buyuruvchilar tomonidan baholanadi.
Birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rin g‘oliblariga Toshkentdagi Gyote-Institutining sovg‘alari taqdim etiladi.
 

Batafsil

Toshkent politexnika muzeyi

Amir Temur ko’chasi 13
Toshkent

Narxi: Tekin

+99878 1401470 Marlene.Singer@goethe.de