Quest:Karriere

Der Digitale Berufsmarathon © Der Digitale Berufsmarathon

Onlayn ta'lim mahsuloti qanday ishlab chiqarilishi haqida hech o'ylab ko'rganmisiz? Siz raqamli (digital) kasblarga qiziqasizmi? 2023-yilning 17-22 aprel kunlari bo'lib o'tadigan “Quest: Karriere” kasblar marafoni aynan ushbu mavzuga bag'ishlangan. 

Onlayn kvest

17-21 aprel dushanbadan jumagacha Telegram ijtimoiy tarmog‘ida bo’lib o’tadigan onlayn kvestda ishtirok eting va Germaniyaning „KIDS interaktiv“ raqamli (digital) agentligining kundalik ishi haqida tasavvurga ega bo‘ling. Onlayn mahsulot yaratish jarayonida gʻoya va kontseptsiyadan tortib montaj, grafika, animatsiya, video ishlab chiqarish va dasturlashgacha bo’lgan jarayonlarda ishtirok eting – Siz Telegram kanalida ovoz berishda ishtirok etib, natija o’zgarishiga ta’sir etishingiz mumkin.

O'yin-kvest davomida Siz quyidagilarni bilib olasiz:

  • har qanday mahsulotni ishlab chiqish nimadan boshlanadi;
  • jarayonda qaysi jamoa a'zolari ishtirok etadi va ularning aniq vazifalari nimalardan iborat;
  • mutaxassislar kundalik ish jarayonida qanday muammolarga duch kelishadi.
Kvestda ishtirok etish uchun nemis yoki o'zbek tillarida Telegram kanaliga obuna bo'ling!

QR-kod va LINK Telegrambot
@quest_karriere_uz
@quest_karriere_ru
Questspiel DE ©   Questspiel DE
Questspiel RU ©   Questspiel RU
Quest Ru ©   Quest Ru

Mutaxassislar ishtirokida jonli efir

22-aprel, shanba kuni Germaniya vaqti bilan soat 10:00 dan 15:00 (Toshkent vaqti bilan 13:00 dan 18:00) gacha onlayn kvest natijalarini bilib olishingiz mumkin bo‘ladi – yaratilgan onlayn mahsulotga “KIDS interaktiv” raqamli (digital) loyihalar agentligining mutaxassislari sharh beradi.

Tadbirda Germaniyalik mutaxassislardan tashqari, hozirda Germaniyada tahsil olayotgan/olgan turli mamlakatlardan kelgan talabalar ishtirok etadi. Mutaxassislar va talabalar o'zlarining akademik va kasbiy tajribalarini Siz bilan o’rtoqlashadilar.
Siz esa Telegram kanal orqali bevosita mutaxassislar va talabalarga o'z savollaringizni berish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Efir o’zbek tiliga sinxron tarjima bilan olib boriladi.

Nemis tilida

rus tilida

НА УЗБЕКСКОМ

Mutaxassislar bilan Sizni tanishtiramiz

Germaniyaning “KIDS interactive” raqamli (digital) agentligi mutaxassislari Gyote-Instituti kasblar onlayn marafonida ishtirok etadilar, ular haqiqiy loyihalar misolida jamoada ta’lim mahsuloti ustida ishlash jarayoni qanday borishini ko’rsatib beradilar.
Sizga mutaxassislar va ularning faoliyat ko’rsatadigan sohalarini taqdim etamiz:

LOYIHALAR BOSHQARUVI


Har doim kuzatib turing va sovuqqonlikni saqlang - bu Anika Bernhard va Tereza Bald ning shiori. Yangi loyiha g'oyasi paydo bo'lganda, ular bir tomondan mijozlar bilan, ikkinchi tomondan esa loyiha jamoasi bilan bevosita aloqada bo'ladilar. Buning uchun strategik muloqot, yaxshi rejalashtirish, mohir vositachilik qobiliyati va birinchi navbatda yaxshi tashkil etilgan jamoaviy ish talab etiladi.


Loyihalarni kichik qismlarga bo'lish va ularni jamoaga topshirish, rejalashtirish, elektron pochta xabarlarini yozish yoki video qo'ng'iroqlarni boshqarish Anika va Tereza bajaradigan kundalik vazifalardir. Ular murakkab media-loyihalarni rejalashtirishdan tortib to amalga oshirishgacha bo‘lgan jarayonni boshqaradilar va hamma narsa o'z vaqtida amalga oshishini va harajatlar ajratilgan mablag’dan oshib ketmasligini nazorat qiladilar.
 

KONSEPSIYA / TAHRIR


Ijodiy yondashilgan, foydalanuvchilarga qulay va yaxshi o‘rganilgan – Angela Brokning raqamli konsepsiyasi shunday ko‘rinishga ega. Boshidanoq uning g'oyalari loyihaning taxminiy ko'rinishidan tortib batafsil konsepsiya va manekenlargacha bo'lgan barcha jarayonlarini qamrab oladi. Anjela o'z g'oyalarini hayotga tatbiq etish uchun dizayn, video ishlab chiqarish va tarqatish bo'limlaridagi hamkasblari bilan uzluksiz hamkorlik qiladi. U barqarorlik, media savodxonligi, nemis tilini o‘rganish, nemis madaniyati va tarixi bo‘yicha mutaxassisdir. Har bir yangi loyiha bilan Anjela yangi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladi. U mavzuni batafsil o’rganib chiqib, matnlar yozadi, shuningdek, mijozlarning fikr-mulohazalarini ham hisobga oladi.

GRAFIKA / ANIMATSIYA

Evgeniya Kosma ning yuragi estetika va dizayn uchun uradi. Uning repertuarida ko'plab dizayn vositalari va texnikasi mavjud bo'lib, u ulardan loyihaga qarab moslashtirib foydalanadi. U o'zining ijodkor qo'li bilan nafaqat ilovalar va veb-loyihalarni, hamda plakatlar dizaynini yaratadi, balki ta'lim animatsiyalarini ham ishlab chiqadi. Evgeniyaning ko’zi har bir kichik detallarni ko’ra oladi. U biron bir noaniq pikselni o'tkazib yubormaydi va uning hamkasblari buni juda yaxshi bilishadi. “KIDS interaktiv” ijodiy jamoasining bir qismi sifatida Evgeniya boshqa dizaynerlar bilan kontsepsiyani ishlab chiqish va amalga oshirishda yaqindan hamkorlik qiladi.
 

VIDEO ISHLAB CHIQARISH

Video ishlab chiqarish haqida gap ketganda, Kristian Abiht va Melissa Landskron butun bir tasvirni yaratadilar. Kundalik ishlarida ular senariylar va syujetlar stendlarini yaratish, suratga olishni rejalashtirish va o'tkazish, olingan materialni tahrirlash va post-produktsiya uchun javobgardirlar. Ularning ikkalasi plyonkadagi ma'lumot va xabarlarni qanday qilib yaxshiroq yetkazishni biladilar.


Ular kontsepsiya va grafika bo'limidagi hamkasblari bilan ijodiy yechimlar ustida bir jamoa bo'lib ishlaydilar. Kristian va Melissa mijozlar fikrini harakatlanuvchi tasvirlarda yaxshi ifoda qila oladilar. Iqtidorli video ishlab chiqaruvchilar sifatida ular KIDS interaktiv ijodiy jamoasining muhim mutaxasisslaridandir.



ILOVA VA SAYTLARNI ISHLAB CHIQISH

Ilova ishlab chiqaruvchi sifatida Karsten Siliaks dasturlashda barcha g'oya, matnlar, media, dizayn va animatsiyani birlashtiradi. Yakuniy mahsulot uning qo'li bilan yaratiladi. Karsten iOS va Android uchun oʻyinga asoslangan oʻquv ilovalaridan tortib koʻrgazmalar uchun innovatsion kengaytirilgan reallik ilovalarigacha boʻlgan ilovalarni ishlab chiqadi. Ishlab chiqish jarayonida u yangi texnik ishlanmalarga va mijozlarning fikr-mulohazalariga  e’tibor bergan holda javob beradi, sinov bosqichlarini boshqaradi va muddatlarni nazorat qiladi.

Ba'zi hollarda loyihalarda ilovalar va veb ishlab chiqish hamkorlikda olib boriladi. Maks Panser veb-ishlab chiquvchi sifatida dastur “backend” yoki yuklab olinadigan tarkibni yaratishi kerak bo'lganda  ishga tushadi. Bundan tashqari, u o'quv platformalaridan tortib media ta'lim va boshlang'ich maktab o'quvchilari uchun yozishni o'rgatish o'yinlarigacha bo'lgan universal veb-ilovalarni ham ishlab chiqadi.

 

KIDS interactive agentligi haqida

KIDS interactive ©   KIDS interactive
KIDS interactive - bu barcha sohalar uchun qiziqarli interaktiv ta'lim mahsulotlarini ishlab chiqadigan kontsepsiya, dizayn va dasturlash sohalari bo'yicha 25 mutaxassislardan iborat inoq jamoadir. 10 yildan ortiq loyiha tajribasi, innovatsiyalarga bo'lgan ishtiyoqi va yoshlar ehtiyojlarini kuchli his qilish bilan ular interaktiv o'quv va o'yin vositalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga ixtisoslashgan. Ularning loyihalari orasida murakkab ko'ngilochar va ta'lim loyihalari, o'quv platformalari, integratsiyalashgan onlayn yechimlar va ta'lim sohasi uchun ilovalar mavjud.
Jamoa “immersive” o'rganish yoki maxsus interaktiv tajribalar uchun virtual va kengaytirilgan reallik kabi texnologiyalarga tayanadi.
 

Loyiha Germaniya Federal Tashqi ishlar vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi.

Auswärtiges Amt © © Auswärtiges Amt Auswärtiges Amt © Auswärtiges Amt