Xalqaro nemis tili olimpiadasi 2024

Werbebanner Internationale Deutscholympiade (IDO) 2024 © Goethe-Institut

„DABEI SEIN“ – 2024 yil Xalqaro nemis tili olimpiadasi uchun O‘zbekistonda milliy saralash bosqichi. 2024-yil 16-fevral kuni O‘zbekistondagi Gyote institutida Xalqaro nemis tili olimpiadasi ishtirokchilarini aniqlash bo‘yicha milliy saralash musobaqasi o‘tkaziladi. Viloyat olimpiadalar g‘oliblari (viloyat olimpiadalarida 1-o‘rinni egallagan o’quvchilar) respublika tanloviga taklif etiladi.
 

Xalqaro nemis tili olimpiadasi (IDO) nemis tili boʻyicha dunyodagi eng yirik musobaqadir. Joriy yilda u 15 iyuldan 22 iyulga qadar “ISHTIROK ET! Ilm-kelajak poydevori“ shiori ostida bo’lib o‘tadi. Final uchun Gyottingenda 50 ta davlatdan 100 ga yaqin maktab o‘quvchilari to‘planishadi.

Mazkur musobaqa dunyo bo'ylab maktablarda nemis tilini o’rganayotgan 13 millionga yaqin o’quvchilarni bellashuvga chorlaydi. 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 100 dan ortiq nemis tili o‘rganuvchilar 50 dan ortiq ishtirokchi-mamlakatlarda dastlab milliy saralash bosqichida qatnashadilar va yuqori natijalarni qo’lga kiritgan o‘quvchilar 2024 yilning yozida xalqaro nemis tili olimpiadasi tomon Gyottingenga yo‘l oladilar. Shuningdek o’quvchilarga hamrohlik qiluvchi faol o'qituvchilar uchun Gyottingenda olimpiada doirasida didaktik va uslubiy mavzular bo'yicha seminarlar tashkil etiladi.

Olimpiada ishtirokchilari mamlakat doirasida bo'lib o’tadigan bilimlar bellashuvida g’olib sifatida aniqlanganidan so‘ng Germaniyada bo’lib o’tadigan final bosqichida o'z mamlakatlari sharafini himoya qiladilar. Unda milliy saralash bosqichlarining g‘oliblari uch xil til bilish darajalari bo‘yicha  1-, 2- va 3-o‘rinlar uchun bellashadilar. Bu yerda nafaqat til bilimlari, balki madaniyatlararo kompetensiya va xalqaro guruhlarda ishlay olish qobiliyati ham talab qilinadi. Ishtirokchilarning alohida shakldagi va jamoaviy natijalari xalqaro hakamlar hay'ati tomonidan baholanadi.

WIR SIND DABEI!

Bu o'quvchilar nemis tilini mukammal bilishlari tufayli milliy saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, birinchi o‘rinni egallashdi. Bu yerda Siz barcha ishtirok etgan o'quvchilar, O‘zbekiston va Tojikistondan hamrohlik qilayotgan o‘qituvchilarning portretlarini ko'rishingiz mumkin.
  • Ibrokhimova Rayyona_TN_Usbekistan Foto: © Privat

  • Abdunabiev Amirkhon_TN_Tadschikistan Foto: © Privat

  • Jalolova Fotima_BLK_Tadschikistan Foto: © Privat

  • Kasimova Mukaddas_BLK_Usbekistan Foto: © Privat

O'zbekistonda milliy nemis tili olimpiadasi

XALQARO NEMIS TILI OLIMPIADASI 2022

Xalqaro nemis tili olimpiadasi (IDO) nemis tili boʻyicha dunyodagi eng yirik bilimlar bellashuvi hisoblanadi. Bu yilgi xalqaro olimpiada joriy yilning 25.07.- 5.08. kunlari  “ISHTIROK ET! Va Gamburgda biz bilan birga bo’l“ shiori ostida bo’lib o‘tadi. Final bosqichida ishtirok etish uchun 70 ta davlatdan 140 ga yaqin maktab o‘quvchilari Gamburg shahriga tashrif buyuradilar.

GIF zur internationalen Deutscholympiade IDO 2022 in Hamburg mit dem Schriftzug "Dabei sein" und grafischen Elementen, die Wahrzeichen der Stadt Hamburg zeigen, darunter die Elbphilharmonie. © Goethe-Institut

Hamkorlar

Bizni kuzatib boring