Bolalar va o‘smirlarga oid filmlar

Molly Monster - Der Kinofilm
© Wild Bunch

„Bolalar va o‘smirlarga oid filmlar“ toifasiga kiritish mumkin bo‘lgan filmlar ro‘yxati, ehtimol, eng bahs-munozaralisi bo‘lsa kerak. Axir, Ues Andersonning „Itlar oroli“ („Isle of Dogs“) va Pixar kompaniyasining „Barchasi ostin-ustun“ („Alles steht Kopf“) kabi hattoki millenial farzandlarini ham kuldirgan va yig‘latgan shedevr asarlarini butun dunyo ko‘rganidan keyin, multfilmlarni hali ham faqat bolalarga mo‘ljallangan narsa, deb aytish mumkinmi? Yoki, 90-yillar bolalari Kventin Tarantinoning „Kriminal asar“ („Pulp Fiction“) va Lyuk Bessonning „Lion“ filmlarini tomosha qilib ulg‘ayganida, jangari va triller filmlarni faqat katta yoshlilar uchun mo‘ljallangan, deb bo‘ladimi?
 
Boshqa mamlakatlarda bo‘lgani kabi Germaniyada ham filmlar uchun ular qaysi yoshdan boshlab ko‘rishga tavsiya etilishi borasida rasmiy mezonlar mavjud. Bu boradagi qarorlar Germaniya kino sanoatining o‘zini-o‘zi tartibga soluvchi organi sanaladigan „Kino sanoatining o‘zini-o‘zi ixtiyoriy nazorat qilish tashkiloti“ (FSK) tomonidan qabul qilinadi. Deyarli 300 nafar nazoratchi yangi filmlarni ko‘rib chiqadi, bunda Germaniyaning Yoshlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunga tayanadi va filmlarni besh toifaga bo‘lib chiqadi: barcha yoshdagilar uchun (oq rang), olti yoshdan kattalar uchun (sariq rang); olti yoshdan kattalar uchun yoki kattalar hamrohligida (yashil rang); 16 yoshdan (ko‘k rang) va 18 yoshdan (qizil rang) kattalar uchun. Ruxsat berilgan yosh ko‘rsatilgan tegishli rangdagi FSK belgisi kino plakatlarida, DVD-larda, nemis Vikipediyasining filmlarga oid tavsifnomalarida va bizning ONLEIHE onlayn kutubxonamizda ko‘rsatib o‘tilgan.

Bolalar va o‘smirlar filmlarining bu yerdan o‘rin olgan to‘plamida biz turli xil tomoshabinlarni qiziqtiradigan har xil janrlar va mavzularga oid filmlarni jamlashga harakat qildik. Nemis tili kursini B1 darajasida endigina tugatgan barcha uchun ajoyib yangilik: ushbu filmlardagi nemis tili „katta yoshlilar filmlari“dan ko‘ra osonroq tushuniladi. Shunday ekan, subtitrlarni bemalol o‘chirib qo‘yish mumkin. Batafsil rus tilida...

Die Blindgänger

Flussfahrt mit Huhn

Der Grüffelo

Janosch – Komm, wir finden einen Schatz

Das kalte Herz/Heart of Stone

Das kleine Gespenst

Die kleine Zauberflöte

Molly Monster

Offline – Das Leben ist kein Bonuslevel

Quarks & Co: Käfer, Hummeln, Schmetterlinge: Sterben die Insekten aus?

Quarks & Co – wer braucht eigentlich die EU

Rettet Raffi!

Rock my heart – mein wildes Herz

Sputnik

Westwind

Wintertochter

Erix kestner:
katta va kichik bolalar uchun

Erix Kestner 20-asr nemis yozuvchilari orasidagi eng mashhur bolalar yozuvchilaridan biri sanaladi. Uning asarlari (ham bolalar, ham kattalar uchun) asosida Germaniyada va chet ellarda ko‘plab filmlar suratga olingan. Kestnerning romanlarida va ular asosida ekranlashtirilgan filmlarda bolalar katta yoshlilar dunyosining adolatsizliklariga va shafqatsizliklariga qarshi kurashishadi. O‘zlarining kichik yoshiga qaramasdan ular „katta“ odamlar hal qilolmaydigan muammolarga yechim topishadi. Kestnerning ancha keyinroq yozilgan romanlarida katta yoshlilar haqida ham so‘z boradi. Lekin uning barcha qahramonlarini bir narsa birlashtirib turadi: ular bolalarcha samimiylik va o‘z atrofiga nisbatan qiziquvchan nigohni keksalik davriga qadar saqlab qolishadi. Batafsil rus tilida...

Das doppelte Lottchen

DREI MÄNNER IM SCHNEE

EMIL UND DIE DETEKTIVE

DAS FLIEGENDE KLASSENZIMMER

DIE KONFERENZ DER TIERE

PÜNKTCHEN UND ANTON

SALZBURGER GESCHICHTEN