Raqamli kutubxona kartasi
App BibToGo
Kutubxonamizning barcha xizmatlari har doim va hamma joyda qo'lingizda bo'lishini xohlaysizmi? Bu bizning BibToGo orqali amalga oshadi! BibToGo - bu Gyote Institut kutubxonasi ilovasi va sizning shaxsiy akkauntingiz boʻlib, undan istalgan vaqtda multimedia materiallarimiz va xizmatlarimizga kirish uchun foydalanishingiz mumkin.
Bib To Go qanday xususiyatlarga ega?
Elektron kutubxona kartasi
Siz BibToGo ilovasi orqali integratsiyalashgan elektron kutubxona kartasini olasiz. Ushbu karta bilan siz internetsiz ham kutubxonamizdan media vositalarini olishingiz mumkin.Shaxsiy akkaunt
BibToGo yordamida siz kutubxona akkauntingizga oson kirishingiz mumkin - qo'lingizda bo'lgan mediani ko'rishingiz, uni uzaytirishingiz yoki zarur bo´lgan mediani bandligini tekshirishingiz mumkin.Tavsiyalar
Fondimizda qanday nashrlar borligini bilmoqchimisiz? BibToGo yordamida siz har doim bizning kutubxona katalogimizdan qulay foydalanish imkoniyatiga egasiz. Tavsiya etilgan media vositalari ro'yxati sizga tanlov qilishda yordam beradi.Onleihe elektron kutubxonasi
35 000 dan ortiq nemis tilidagi elektron kitoblar, audiokitoblar, filmlar, jurnallar, gazetalar va nemis tilini o'rganish uchun materiallar BibToGo-da bepul, reklamalarsiz, istalgan vaqtda va istalgan joyda!Kutubxona xodimlariga murojaat qiling
Savollaringiz bo'lsa yoki yordamga muhtoj bo'lsangiz, BibToGo orqali bizning xodimlarimizga murojaat qilishingiz mumkin.BibToGo-ni qanday faollashtirish mumkin
- BibToGo-ni qurilmangizga PlayStore yoki App Store-dan yuklab oling.
- Mein Goethe.de akkauntingizga kiring.
- Ilovani kutubxonamizdagi ma'lumotlar stolida faollashtiring.