Gyote-Institut sertifikatlari qonun bilan himoyalangan rasmiy hujjatlardir.
Sizdan ehtiyot bo'lishingizni va quyidagilarga e'tibor berishingizni so’rab qolamiz:
- Imtihon taklif qiluvchi bizning imtihon qabul qiluvchilar ro‘yxatimizda ekanligiga ishonch hosil qiling.
- Haqiqiy Gyote sertifikati uchun siz doimo shaxsan o'zingiz imtihon topshirasiz.
- Haqiqiy imtihon qabul qiluvchi hech qachon sizdan MeinGoethe.de kirish ma'lumotlaringizni so'ramaydi.
Ushbu va'dalarga ishonmasligingizni so‘raymiz:
- Agar kimdir "asl" Gyote sertifikatlarini imtihon orqali yoki imtihonsiz sotishni taklif qilsa.
- Sizga imtihondan o'tish kafolatlanganligi va'da qilinsa.
- Kimdir siz uchun imtihon topshirishni taklif qilsa (to'lov evaziga).
- yoki sizni imtihon uchun (to'lov evaziga) ro'yxatdan o'tkazmoqchi bo’lishsa.
Afsuski, Internetda, chat forumlarida, ijtimoiy tarmoqlarda va messenjerlarda Gyote sertifikatini olish bilan bog'liq ko'plab firibgarlik holatlari tarqalmoqda. Soxta sertifikat bilan siz javobgarlikka tortilishingiz mumkin.
Gyote sertifikatlarining haqiqiyligini ushbu sahifada tekshirish imkoniyati mavjud.
Shubhali holatlarni pruefungen@goethe.de manziliga xabar qiling.
Biz har bir xabarni asosli ravishda tekshiramiz.
Soxta Gyote sertifikatlarining noqonuniy takliflariga qarshi choralar ko'rish va huquqlarimizni himoya qilish maqsadida biz jinoiy ish qo'zg'atish uchun arz qilish huquqiga egamiz. Xususan, tovar belgisini buzish (§§ 143, 143a MarkenG) va hujjatlarni qalbakilashtirish (§ 267 StGB) kabi jinoiy huquqbuzarliklar hisobga olinadi.