Germaniya oliygohlariga ko'prik
Germaniya universitetlarida taxsil olish imkoniyati
Germaniya universitetlarida taxsil olish imkoniyati
Germaniya xorijiy talabalar orasida taxsil olish uchun eng ko'p tanlanadigan mamlakatlar uchtaligiga kiradi. Bu tasodif emas: Germaniya oliy ta’lim muassasalarida (OTM) ta'lim olish – bu eng yuqori darajada sifatli ta'lim olish, O’zbekistonda hamda xorijiy davlatlarda muvaffaqiyatli karyera uchun mustahkam poydevor yaratish, deganidir. „Germaniya universitetlariga ko'prik“ pullik dastur bo'lib, u maktab/litsey/kasb hunar kolledjini bitirgandan so’ng hech qanday qo'shimcha tayyorlov kurslari va qabul imtihonlarisiz Germaniya OTMlarining biriga o'qishga kirish imkonini beradi.
„Germaniya oliygohlariga ko‘prik“ ta'lim dasturi Germaniyada taxsil olishga tayyorlovchi quyidagi modullarni o’z ichiga oladi:
| Modulning nomlanishi | Modul mazmuni |
| Madaniyatlar aro muloqot bo’yicha trening „Fit für das Studium in Deutschland“ | Ushbu onlayn kurs, tyutor muallim hamrohligida olib boriladi. Uning maqsadi, Germaniyadagi talabalik hayoti va talabar kampusi bilan ishtirokchilarni tanishtirish. |
| Sohaga yo’naltirilgan til moduli | Germaniya universitetlarida sohaga yo’naltirilgan ta’lim olishga tayyorlovchi, tyutor muallim hamrohligida olib boriladigan onlayn kurs. Tanlash uchun 7 ta modul taqdim etiladi (matematika, informatika, fizika, biologiya, kimyo, texnika, iqtisodiyot). |
| TestDaF imtihoniga tayyorlov kursi | TestDaF imtihonini topshirishga (modullar «O‘qish», «Tinglab tushunish», «Yozma imtihon», «Og’zaki imtihon»), tayyorlovchi, tyutor muallim hamrohligida olib boriladigan onlayn kurs. |
| TestAS imtihonining formati bilan tanishtiruvchi kurs | TestAS imtihonining formati, tuzilishi, mazmuni va tarkibiy qismlari bilan tanishtiruvchi, tyutor muallim hamrohligida olib boriladigan onlayn kurs. |
| *TestDaF va TestAS imtihonlari | TestDaF – nemis tili bo’yicha xalqaro imtihon bo’lib, u Germaniya universitetlarida taxsil olish uchun zarur til ko’nikmalari mavjudligini tasdiqlab beradi. TestAS – universitetda taxsil olish uchun intelektual jihatdan tayyorgarlik darajasini aniqlab beruvchi standartlashgan imtihondir. U umumiy va sohaviy moduldan iboratdir. |
*Dastur ishtirokchilari TestDaF va TestAS imtihonlarini mustaqil topshirishlari kerak. Imtihon to’lovlari dastur uchun to’lov ichiga kiritilmagan.
Dasturning hamkor universitetlari, dasturni muvaffaqiyatli tugatgan ishtirokchilarga tabiy va aniq fanlar, shuningdek iqtisodiyot bo'yicha turli ta'lim yo'nalishlarini taklif etadi va har yili ma'lum miqdordagi qabul kvotalarini ajratadi. Universitetlarning keng ko'lamli qo'llab quvvatlash dasturi, ishtirokchilarga Germaniyada taxsil olishni a'lo darajada boshlash imkonini beradi. Hamkor universitetlar Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Brandenburg va Tyuringen federal yerlarida joylashgan.
Hamkor universitetlar
Aloqa
-
Tel.: +99878 1401470Dildora Mukhammadaminova
Til bo’limi boshlig’i
dildora.mukhammadaminova@goethe.de
-
Tel.: +99878 1401470G'ayrat Hafizov
Nemis tili bo’yicha ta’lim sohasida hamkorlik bo’limi xodimi
gayrat.khafizov@goethe.de
|
|
|
|
|
|
|
|
Dastur homiysi