Ko’p beriladigan savollar
Bu yerda Sizga Gyote Instituti imtihonlariga oid umumiy ma`lumot va ko`p beriladigan savollarga javob beramiz.
Agar bundan tashqari A1 - C2 Gyote sertifikatlari bo`yicha savollaringiz bo`lsa, bevosita imtihon markazlari (Gyote Institutlari, Gyote markazlari yoki Imtihonlar bo`yicha hamkorlar) kabi markazlarimizning biriga murojaat qilib tegishli ma`lumotni bepul va hech qanday majburiytlarsiz shaxsiy tavsiyalar olishingiz mumkin.
Gyote Institutining imtihonlari barcha qiziqqanlar uchun ochiq bo`lib, Germaniya fuqaroligiga bog`liq emas. Ular nemis tili chet tili sifatida va nemis tili ikkinchi til sifatida tegishli til bilimlari mavjudligini tasdiqlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Tegishli imtihonda ishtirok etish uchun muayyan yoshga yetgan bo`lish tavsiya etiladi.

Imtihon markazlari maxsus ehtiyojga ega bo'lgan (masalan, surunkali kasal yoki ko'rish / eshitish qobiliyatida nuqsonga ega bo'lgan) imtihon topshiruvchilarga imkon qadar sharoit yaratishga harakat qiladi. Shuning uchun, imtihonga ro'yxatdan o'tishda Siz o’zingizdagi maxsus ehtiyojlarning turi va hajmini ko'rsatishingiz va tibbiy ma'lumotnomani taqdim etishingiz kerak bo‘ladi. Imtihon markazlari maxfiylikni saqlashi shart.
Batafsil ma'lumotni Siz imtihon topshirmoqchi bo'lgan imtihon markazidan to'g'ridan-to'g'ri olishingiz mumkin.

Xonadan mutanosib vaqtga (tualetga) chiqishingiz mumkin. Bu „Imtihon o`tkazish to`g`risidagi bayonnomada“ qayd etiladi.
Til bilish bo`yicha umumyevropa (GER) standartiga asoslangan A1 dan C2 gacha bo`lgan Gyote sertifikatlari qaysi darajaga to`g`ri kelishi haqida ma`lumotni bu yerdan topasiz
Til bilish bo`yicha umumyevropa standarti (GER)

Biror til kursida, til bilish darjasini aniqlash testida, biror imtihon yoki shu kabilarda faqat ishtirokni tasdiqlovchi ma`lumotnomalar yetarli emas.
„Goethe-Zertifikat A1“ dan to „Goethe-Zertifikat C2“ imtihoni topshirilganligini tasdiqlovchi guvohnomagina yoki „Kleines Deutsches Sprachdiplom“ yohud „Großes Deutsches Sprachdiplom“ chet tili sifatida nemis tilining tegishli bilimlarini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

„Goethe-Zertifikat C2: Großes Deutsches Sprachdiplom“, „Zentrale Oberstufenprüfung“, „Kleines Deutsches Sprachdiplom“ und „Großes Deutsches Sprachdiplom“ imtihonlari Germaniyada oliy o`quv yurtida (universitetda) o`qishga yetarli til bilimlarining isboti sifatida tan olingan va TestDaF imtihoni yoki oliy o`quv yurtiga kirish uchun talab qilinadigan (DSH) boshqa imtihondan ozod etadi.
O`zingiz tanlagan oliy o`quv yurtining til bilimlariga, o`quv yonalishi yoki o`quv faniga qo`yilgan talablar haqida ma`lumotni Siz o`qyimoqchi bo`lgan oliy o`quv yurtidan (universitetdan) oling yoki www.sprachnachweis.de sahifasida izlab ko`ring.

Gyote Institutining barcha imtihonlarida imtihonning yozma qismlarini baholashda 2006 yilning avgust oyidan kuchga kirgan imlo qoidalari qo`llaniladi. Buning asosi: „DUDEN. Die deutsche Rechtschreibung“ (2006 yil 24-nashrdan boshlab) va „WAHRIG. Die deutsche Rechtschreibung“ (2006 yildan boshlab).
Hozirgi payt amaldagi qoidalarni internetda bu manzidan topasiz:

O`qish – bu individual jarayon. Bir bosqich darajasiga erishish uchun shaxsan Sizga qancha vaqt kerak bo`lishi turli, xususan individual omillarga bog`liq, misol uchun: faollik, ajratiladigan vaqt va qo`shimcha mashq qilish imkoniyatlaridan foydalanish.
Agar Siz bir yoki bir-necha tillarni o`rgangan bo`lsangiz, odatda nemis tilini tezroq o`rganasiz. Til kursingiz qayerda, ya`ni o´z yurtingizda yoki Germaniyada o`tayotgani katta rol oynadi, chunki Germaniyada darsdan tashqari ham nemis tilini eshitishingiz va nemis tilida gaplashishingiz mumkin.
O`quv jarayoni uchun mashg`ulotlarning intensivligi (intensiv yoki kechki kurs v.h.) ham muhim. Bu masalada o`zingiz tanlagan imtihon markaziga murojaat qiling va shaxsiy tavsiyalar oling.

Tegishli imtihon bo`yicha mashq va ma`lumot materiallari sifatida quyidagilarni topishingiz mumkin:
- onlayn mashq qilish uchun materiallar
- yuklab olish uchun materiallar
- buyurtma qilinadigan materiallar
- imtihon nizomi va imtihon o`tkazish qoidalari
Ba`zi imtihonlar uchun masofaviy tayyorlanish uchun materiallar va onlayn kurslar mavjud.
Nemis tilini masofadan turib o`rganish
Nemis tilini masofadan turib o`rganish
Imtihon butun xajmda xohlagancha ko`p marotaba qayta topshirilishi mumkin. Tafsilotlar, jumladan imtihonni qisman qayta topshirish imkoniyati tegishli imtihonni o`tkazish qoidalarida tartibga solingan.
Goethe-Zertifikat A1: Fit in Deutsch 1 imtihoni, agar kamida 30 ball toʻplangan boʻlsa (maksimal ballning 50%) va imtihonning barcha qismlari topshirilgan boʻlsa, oʻtgan hisoblanadi.
Goethe-Zertifikat A1: Start Deutsch 1 imtihoni kamida 60 ball toʻplangan (maksimal ballning 60%) va imtihonning barcha qismlari topshirilgan boʻlsa, oʻtgan hisoblanadi.
Goethe-Zertifikat A2 yoki Goethe-Zertifikat A2: Fit in Deutsch imtihonlari, agar kamida 60 ball to'plangan (maksimal ballning 60%) va imtihonning barcha qismlari topshirilgan bo'lsa, imtihon muvaffaqiyatli topshirilgan hisoblanadi. Ammo ulardan yozma imtihonda kamida 45 ball, og‘zaki imtihonda kamida 15 ball to‘plash kerak. Aks holda, butun imtihon muvaffaqiyatsiz topshirildi deb hisoblanadi.
Goethe-Zertifikate B1, B2, C1 va C2 modul imtihonlaridir.
Agar kamida 60 ball yoki 60% toʻplangan boʻlsa, imtihon moduli muvaffaqiyatli topshirilgan hisoblanadi.

Gyote Institutining „Goethe-Zertifikat A1“ dan to „Goethe-Zertifikat C2“ sertifikatlarining amal qilish muddati cheklanmagan.
Lekin ko`p tashkilotlar va ishberuvchilar 2 yildan eskiroq bo`lmagan guvohnomalarni talab qilishadi.
„Zentrale Oberstufenprüfung“ (ZOP), „Kleines Deutsches Sprachdiplom“ (KDS) va „Großes Deutsches Sprachdiplom“ (GDS) guvohnomalari yangi „Goethe-Zertifikat C2: Großes Deutsches Sprachdiplom“ sertifikati va buning natijasida C2 darajasidagi imtihonlarning 01.01.2012 dan boshlab o`zgarishidan keyin o`z kuchini yo`qotmaydi.

Umumiy qoida bo`yicha dublikat berilmaydi.
Lekin, imtihon sanasidan 10 yil o`tmagan bo`lsa, imtihon topshirgan imtihon markazi Sizga pulli asosda guvohnoma o`rniga boshqa hujjat berishi mumkin.

Ism o`zgarsa (maslan nikoh tuzilishi, bola asrab olinishi, nikoh bekor qilinishi yoki shu kabi holatlarda) yangi guvohnoma ham o`rniga boshqa ma`lumotnoma ham berilmaydi.
Ism o`zgarganligi tegishli rasmiy hujjat (tug`ilganlik to`g`risida guvohnoma, nikoh to`g`risida guvohnoma yoki shu kabilari) yoki tasdiqlangan nusxa bilan isbotlanishi mumkin.
Ism yoki ismning yozilishi imtihonga yozilish paytida fotosuratli shaxsni tasdiqlovchi hujjat asosida imtihon markazida yozib olinadi. Topshirilgan imtihon guvohnomasi shu ma`lumotlar asosida tayorlanadi.

Rasmiy tarjimani davlat tomonidan tan olingan tarjimonga yoki tarjimalar byurosiga qildirishingiz mumkin.
Imtihonda ishtirok etish uchun na muayyan til yoki tayyorlov kursida ishtirok etganlik na pastroq darajada sertifikat olganlik talab etilmaydi.
Biroq imtihon markazining tayyorlov kursida ishtirok etishni tavsiya qilamiz. Bu yerda Siz kerakli lisoniy va imtihonga tegishli ko`nikmalarni o`rganasiz, ular Sizga imtihon topshirishni imkon qadar yengillashtiradi.
Bu masalada o`zingiz tanlagan imtihon markaziga murojaat qiling va shaxsiy tavsiyalar oling.

Agar Siz Gyote-Iinstitutlaridan birida imtihon topshirgan bo'lsangiz va boshqa ma'lumot olmagan bo'lsangiz, imtihon natijalarini Mein Goethe.de saytidan olishingiz mumkin.
Mein Goethe.de saytida ro'yxatdan o'tish jarayonida yordam:
© Goethe-Institut
Imtihon natijalarini olishda yordam:
© Goethe-Institut
Agar Sizda savollar bo'lsa, to'g'ridan-to'g'ri o’z yurtingizdagi Goethe-Institutiga murojaat qiling.
Agar Siz Goethe-Institutining hamkor imtihon olish markazlarida imtihon topshirgan bo'lsangiz, aynan shu imtihon markaziga to’g’ridan to’g’ri murojaat qiling.

Guvohnomangizni misol uchun oliy o`quv yurtlarida o`qish maqsadida istalgan davlat idorasida (sud, vazirlik, maktab, bank yoki shu kabilarda) tasdiqlatib olishingiz mumkin. Ishberuvchilar odatda biror advokat idorasi tomonidan tasdiqlangan nusxalarni talab qilishadi.