Germaniyada yashash va ishlash

Siz kasbiy yoki shaxsiy sabablarga ko‘ra Germaniyada doimiy yashashga qaror qildingizmi? Shu sababli sizga til ko’nikmalari va Germaniyada yashashga oid ma’lumotlar kerakmi? Gyote instituti sizga "Mein Weg nach Deutschland - Migrationswege erfolgreich gestalten" (“Mening Germaniyaga yo‘lim – migratsiya yo‘llarini muvaffaqiyatli shakllantirish”) loyihasi doirasida tayyorgarlik ko‘rishda malakali yordam ko‘rsatadi
 

Menschen gehen bei Sonnenuntergang auf einem Bürgersteig in der Stadt, während Autos auf der Straße vorbeifahren. © Jedrzej Kaminski/EyeEm via GettyImages

Biz Sizga taklif qilamiz

Kalendar „Mein Weg nach Deutschland“

Bu yerda siz bizning bepul ma'lumot sessiyalarimizni, nemis tili amaliy mashg'ulotlarimizni va trening kurslarimizni topasiz. Hozir ro'yxatdan o'ting va barcha xizmatlarimizga cheksiz kirish huquqini oling!

Gyote-Institutning onlayn xizmatlari

Germaniyada muvaffaqiyatli start uchun

Integratsiya bo‘yicha murabbiylar Germaniyadagi oltita Gyote-Institutlarida o’z xizmatlarini taklif etadilar va bepul onlayn tadbirlar o‘tkazib, Sizga Germaniyada hayotingizni oson boshlashingiz va kundalik hamda kasbiy muhitga muvafaqiyatli integratsiya qilishingizda yordam beradilar.
 

Foydali havolalar

  • Make it in Germany

    Kelib chiqish mamlakatidagi tayyorgarlikdan tortib, Germaniyaga yetib kelishgacha bo'lgan immigratsiya jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bilishingiz kerak bo’lgan barcha ma’lumotlar.

  • deutschland.de

    Portal nafaqat Germaniya haqida ma'lumot beradi, balki mamlakat ichidagi va xorijdagi dolzarb mavzularni ham yoritadi.
     

  • ProRecognition

    ProRecognition xizmati orqali tan olingan malakalar bilan Germaniyada karyerangizni boshlang.



     

  • Xorijda egallangan kasbiy malakalarni tan olish

    Kasbiy malakangiz tan olinishi kerakmi yoki yo'qligini tekshirish uchun "Xorijda egallangan kasbiy malakalarni Germaniyada tan olish " veb-sahifasiga tashrif buyurishingiz mumkin. U yerda Siz turli tillarda individual maslahatlarni taklif qiluvchi bepul maslahat markazlariga havolalarni ham topasiz.
     

  • anabin

    Xorijda berilgan ta'lim malakalarini tan olish bo'yicha ma'lumot portali. Bu yerda Sizning diplomingiz qanday baholanishi va oliy ta’lim muassasangiz tan olinganmi bilib olasiz.

  • Visa va mamlakatga kirish

    Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi veb-sahifasida Siz viza olishning turli imkoniyatlari va shuningdek ariza berish uchun zarur bo'lgan hujjatlar haqida ma'lumotlarni topasiz.