Goethe-Zertifikat A2: Fit in Deutsch

Goethe-Zertifikat A2: Fit in Deutsch 2 Foto: Getty Images/Comstock Images

Sening xohishing...

  • 12 - 16 yoshdagi bolalar va o'smirlar uchun nemis tili imtihonini topshirish
  • oddiy nemis tili bilimlari borligini tasdiqlash
  • A2 bosqichidagi bilimlarni tasdiqlash
  • rasmiy va xalqaro tan olingan sertifikatni olish

„Goethe-Zertifikat A2: Fit in Deutsch“ – bu 12 dan 16 yoshgacha bo’lgan o`smirlar uchun nemis tili imtihoni. U oddiy til bilimlar borligini tasdiqlaydi va Til bilish bo’yicha umumyevropa (GER) standartida ta’riflangan olti bosqichli shkalaning ikkinchi (A2) bosqichiga to’g’ri keladi.

Imtihonni topshirolgan bo‘lsang, demak ...

  • kundalik hayotda uchraydigan vaziyatlarda jumlalar va ko’p ishlatiladigan iboralarni tushuna olasan va qo‘llay olasan.
  • tanish va umumiy mavzular haqida ma’lumot almashishga bag’ishlangan oddiy ko’p uchraydigan vaziyatlarda o’z fikringni bildira olasan.
  • Qayerdanliging va kasbiy ta’limingni, atrof-muhitingni va asosiy ehtiyojlar bilan bog’liq narsalarni oddiy vositalar yordamida ta’riflay olasan.

You have disabled JavaScript in your browser settings. Please enable JavaScript to see the courses again.

*) Koʻrsatilgan arzonroq narx agar siz Goethe-Institut nemis tili kursiga olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda tashrif buyurgan boʻlsangiz amal qiladi. Mazkur olti oy deganda til kursining yakunlanishi va nemis tili imtihoni sanasi orasidagi muddat tushuniladi. Bunday holatda narx buyurtma jarayonida avtomatik tarzda oʻzgaradi. Agar bunday boʻlmasa, kurslar oʻtkaziladigan ofisga murojaat qiling.


Batafsil ma'lumot olish uchun bizga qo'ng'iroq qilishingizni yoki elektron pochta orqali 
 tanzilya.gafurova@goethe.de bog'lanishingizni so'raymiz.  Konsultasiya va ro'yxatdan o'tish

Tayyorlanish

Mashq uchun materiallar

Bu yerda onlayn mashq qilish uchun imtihon va mashqlar namunalari, shu jumladan interfaol mashqlarni ham topasan.

Qo’shimcha ma’lumot

„Goethe-Zertifikat A2: Fit in Deutsch“ imtihoniga tegishli dastlabki shartlar, imtihon mazmuni va qo’shimcha ma’lumotni bu yerda topasan: