Vazifa va maqsadlarimiz

Til. Madaniyat. Germaniya.

Til. Madaniyat. Germaniya.

Gyote-Instituti jamoat birlashmasi Germaniya Federativ Respublikasining butun dunyoda faoliyat yuritayotgan Madaniyat institutidir.

Biz chet elda nemis tili bilimlarini rivojlantiramiz va madaniyyat sohasida xalqaro hamkorlikni qo’llab-quvvatlaymiz. Biz mamlakatimizdagi madaniy, ijtimoiy va siyosiy hayot haqida axborot yordamida Germaniya to’g’risida har tomonlama taassurot hosil bo’lishini ta’minlaymiz. Madaniyat va ta’lim sohalaridagi dasturlarimiz madaniyatlararo dialogni rivojlantiradi va maganiy hayotda ishtirok etishga imkon yaratadi. Ular fuqarolik jamiyat strukturalarining rivojlanishini kuchaytiradi va xalqaro mobillikni qo’llab-quvvatlaydi.

Gyote-Institutlar, Gyote markazlari, madaniyat jamiyatlari, o’quv zallar hamda imtihon va til markazlaridan iborat bo’lgan tarmog’imiz yordamida biz 60 yildan ko’proq vaqt davomida ko’pchilik uchun Germaniya bilan aloqa o’rnatgan birinchi kontaktimiz. 90 dan ortiq mamlakatlarda yetakchi tashkilotlar va insonlar bilan ko’p yillik sheriklikka asoslangan hamkorlik bizning mamlakatimizga nisbatan barqaror ishonch hissini yaratadi. Biz Germaniya va uning madaniyati bilan faol shug’ullanayotgan va ishlayotgan hamma uchun hamkormiz, mustaqil va partiyaviy siyosatdan butunlay ozod ravishda.

​Gyote Instituti o’zbekistonda

Toshkentdagi Gyote Institutining bosh maqsadi xalqaro madaniy hamkorlikni rivojlantisrishdan iborat. Bu borada institutning madaniyat bo’limi o’zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda madaniyat sohasida keng ko’lamli tadbirlar tashkillashtiradi. Anjumanlar, ma’ruzalar, seminarlar, asosan, zamonaviy musiqiy konsert dasturlari hamda mahorat darslari, zamonaviy san’at, fotografiya, dizayn va arxitektura sohasida ko’rgazmalar va treninglar, yangi nemis filmlari, teatr va raqs tomoshalariga bag’ishlangan kechalar uyushtiradi.

Gyote Institutining til sohasidagi faoliyati boshlang’ich va o’rta maktablarda, shuningdek, oliy o’quv yurtlarida hamda kattalar ta’limida nemis tilini chet tili sifatida o’rganishni targ’ib qilish chora-tadbirlaridan iborat. Biz nemis tili o’qituvchilarini nemis tilini o’rgatish jarayonida qo’llab-quvvatlaymiz, ularni yangi dars metodlari, imtihonlar va til o’rganish uchun imkoniyatlardan boxabar qilib turamiz.Germaniyada hayotning barcha jabhalariga tegishli yangi ma’lumotlar bilan ta’minlagan holda Germaniyaga yo’l ochamiz. O’zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Germaniyada metodika, didaktika va o’lkashunoslik sohalarida malaka oshirish kurslarini tashkillashtiramiz. Bundan tashqari, Gyote instituti bosqichma-bosqich olib boriladigan boshlang’ich va ilg’or darajadagi til kurslarini taklif etadi. Mazkur kurslarda nafaqat til o’rgatiladi, balki Germaniyadagi ijtimoiy va madaniy hayot bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.Barcha darajadagi til o’rganuvchilar uchun tegishli imtihonlarni topshirish imkoniyati mavjud.

Informasiya va kutubxona bo’limi o’zbekistonlik va germaniyalik kutubxonachilar va qaror qabul qiluvchilar o’rtashida soha bo’yicha tajriba almashishni qo’llab-quvvatlash maqsadida multiplikatorlar uchun Germaniyaga sayohatlar, Germaniya kutubxonalarida ishlashga mo’ljallangan mutaxassislar safari, shuningdek, O’zbekistonda germaniyalik kutubxona mutaxassislarining seminar va ma’ruzalarini tashkillashtiradi. Nemis tilida manbalarning yetishmasligi muammosini nemis tili o’quv zallari, O’zbekistondagi jamoat kutubxonalarda ma’lumotlar burchagi tashkil etish yo’li bilan hal etish maqsad qilingan. Hozirga qadar Toshkent va Samarqand shaharlarida o’quv zallari, Farg’onada ma’lumotlar burchagi tashkil etilgan.