O'zbekistonda nemis tili bilan kasbga yo'naltirish
© Goethe-Institut Usbekistan
So'nggi yillarda O'zbekistonda nemis tilini o'rganishga qiziqish doimiy ravishda o'sib borayotgan bo'lsa-da, maktablarda nemis tili darslarining qisqarib borishi kuzatilmoqda. 2020 yildagi ma’lumotlarga ko’ra, jami 5.835.694 o'quvchidan faqat 361.767 nafari nemis tilini o'rganadi. Bu esa 2015 yildan 2020 yilgacha bo’lgan davrda nemis tilini o'rganuvchilar soni 110.601 o'quvchiga kamayganini ko’rsatmoqda.
(Deutsch als Fremdsprache weltweit. Datenerhebung 2020, 20-bet, https://www.auswaertiges-amt.de/blob/2344738/b2a4e47fdb9e8e2739bab2565f8fe7c2/deutsch-als-fremdsprache-data.pdf)
Maktablarda nemis tilining chet tili sifatida o'qitilishining qisqarishi, nemis tili o'qituvchilari sonining kamayishini ham anglatadi. Ho’sh, o‘quvchilarda nemis tilini o'rganishga bo’lgan qiziqishni qanday uyg'otish mumkin? Bugungi kunda nemis tili darslari nafaqat grammatikani o'rganish bilan cheklanadi. Loyihalar ustida ishlashga asoslangan, amaliyotga yo‘naltirilgan, fanlararo bog’liqlikni taqqozo etuvchi nemis tili darslari bugungi kun talabidir.Maktablarda kasbga yo'naltirish bo'yicha tadbirlar asosan texnologiya fani o'qituvchilari va maktab psixologlari tomonidan amalga oshiriladi. Nemis tili darslari kasbiy yo'naltirish jarayoni bilan deyarli bog'liq emas. Agar nemis tili o'qituvchilari texnologiya o'qituvchilari va maktab psixologlari bilan birgalikda loyiha ishlarini olib borishsa qanday natijalarga erishish mumkin? O'zbekistondagi Gyote Instituti Xalq ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda "Nemis tili bilan kasbga yo'naltirish" loyihasini boshladi.
Loyihaning maqsadi:
- O’quvchi yoshlarda nemis tilini o'rganishga bo’lgan qiziqishni kuchaytirish, ularni nemis tilini o'rganishning afzalliklari bilan tanishtirish, kasbga yo'naltirish jarayonida ularni qo'llab-quvvatlash, loyiha ishi / loyihaga yo'naltirilgan ta'lim orqali o’quvchilarda jamoada ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish;
- Nemis tili o'qituvchilarini uslubiy qo'llab-quvvatlash, shuningdek, nemis tili darslarida, hamda darslardan tashqari mashg‘ulotlarda loyihaga yo'naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etishda qo’llab quvvatlash;
- Hamkorlikda loyihalar tashkil etish orqali maktabda kasbga yo'naltirish jarayonini qo'llab-quvvatlash (nemis tili va texnologiya fani o'qituvchilari, hamda maktab psixologlari).
Rejalashtirilgan tadbirlar:
- Nemis tili va texnologiya fani o'qituvchilari, shuningdek, maktab psixologlari uchun "loyihaga yo'naltirilgan maktab ta'limi", "kasbga yo'naltirish va nemis tili darslari" mavzularida malaka oshirish;
- Nemis tili o'qituvchilarining malakasini oshirish: "Maktabda loyiha ustida ishlash"; "Onlayn platformada ishlashning afzalliklari"; "Gyote Institutining "Die ProfiUni" ta‘lim loyihasini nemis tili darslarida joriy etish";
- Maktab o'quvchilari o'rtasidagi tanlovlar: "Mening kasbim - mening kelajagim";
- Yoshlar uchrashuvi: "Kelajak kasblari";
- Maktab o'quvchilari uchun yozgi lager: "Kasblar olami - o’z kasbingni tanla!";
- Seminarlar / ekskursiyalar / qiziqarli kasb egalari bilan uchrashuvlar / o'z loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyati.
Hamkorlik qilish imkoniyati:
Agar siz maktabingiz bilan loyihada ishtirok etishni, o‘quvchilarni kasbga yo'naltirish jarayonida yoki loyihalarni amalga oshirishda O'zbekistondagi Gyote Instituti bilan hamkorlik qilishni istasangiz, quyidagi elektron manzilga murojaat qiling: info-taschkent@goethe.de
IT-sohasidagi kasblar
2023 yil 11-12 dekabr kunlari Farg’ona viloyatining Marg’ilon va Farg'ona shaharlarida o’quvchilar, nemis tili va texnologiya fani o'qituvchilari va maktab psihologlari uchun „Kasbga yo'naltirish va nemis tili“ loyihasi doirasida "Maktablarda kasbga yo'naltirish: IT-sohasidagi kasblar“ mavzusida bir qator mahorat darslari bo'lib o'tdi.