Dildora Mukhammadaminova
Til bo’limi boshlig’i
dildora.mukhammadaminova@goethe.de
Mamlakatimizdagi umumta’lim maktablari, litsey va oliy o‘quv yurtlaridan 200 dan ortiq nemis tili o‘qituvchilari dolzarb mavzu bo‘yicha fikr almashish yoki yangi aloqalar o‘rnatish uchun Toshkent shahriga taklif qilinadi.
Tadbir Xorijdagi maktablar markaziy boshqarnmasi (ZfA), Germaniya akademik almashinuv xizmati (DAAD) va Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
O‘zbekiston Gyote Instituti anjuman doirasida maktablar, kasb-hunar maktablari, litsey va kollejlarda dars beradigan o‘qituvchilarga nemis tilini chet tili sifatida o‘qitish sohasida malaka oshirish imkoniyatini taqdim etadi. O‘qituvchilar nafaqat metodik bilimlarini kengaytiradilar, balki chet tili o’qitishning zamonaviy metodikasini ham o‘zlashtiradilar.
2026 yilning 05-08 noyabr kunlari O’zbekistondagi nemis tili o’qituvchilarining XVII anjumani bo’lib o’tadi. Bu yil ham biz Sizga bir qancha qiziqarli master klass va seminarlarni taqdim etamiz. Siz ularda ishtirok etib, o’zingizning bilim, malaka va ko’nikmalaringizni yangilash va kengaytirish, shu bilan birga o’z hamkasblaringiz bilan tajriba almashish imkoniga ega bo’lasiz.
O‘zbekistondagi Gyote Instituti umumiy o’rta ta’lim maktablarida, Akademik litsey va Kasb hunar kolledjida faoliyat yuritayotgan nemis tili o’qituvchilarini ushbu anjumanda ishtirok etish uchun taklif qiladi.
Ishtirok etish uchun quyidagi ariza shaklini 25.08.2026 gacha to’ldirishingiz so'raladi.
Til bo’limi boshlig’i
Nemis tili bo’yicha ta’lim sohasida hamkorlik bo’limi xodimi